Mali: 170 odam garovga olingan

Image copyright AP
Image caption Islomchilar qo‘lida 170 kishi garovda qolmoqda

Qurolli jangarilar Radisson Blu mehmonxonasiga bostirib kirib, 140 nafar mehmon va 30 xodimni garovga olishgan.

Ba‘zi guvohlar jami 10 nafar qurolli jangari hujum qilgan, deb aytishmoqda. Ular diplomatik nomer qo‘yilgan mashinada kirib kelganlar.

Mehmonxona qo‘riqchilariga ko‘ra, qurollilar "Ollohu Akbar!" deb qichqirishgan.

Keyin esa Qur‘on oyatlarini yoddan bilgan tutqunlarni qo‘yib yuborishgan.

Bu mehmonxonada aksar g‘arblik ishbilarmonlar turishadi. Ammo hozir ichkarida bir necha nafar xitoylik mehmon ham qamalib qolgan.

Mali - Frantsiyaning sobiq mustamlakasi.

Hozir ham mehmonxona atrofini mamlakat xavfsizlik kuchlari va BMT zobitlari qatorida Frantsiya askarlari o‘rab olishgan.

Jangarilik tarixi

O‘tgan avgust oyida Malining Sevare shahridagi hujumda islomiy jangarilar BMT xodimlari doxil 13 kishini o‘ldirishgandi.

Bundan to‘rt yil burun Islomiy guruhlar Timbuktu, Kidal va Gao kabi shaharlarni Tuvareg isyonkorlari qo‘lidan tortib olishadi va u yerdagi so‘fiy qadamjolarini buzib, qadimiy qo‘lyozmalarni yo‘qotishadi.

Shu asno Mali shimolida shariat o‘rnatiladi.

Keyin eng yirik shahar - Bamakoni ham qo‘lga olish niyatlarini aytishgach, Malining sobiq mustamlakachisi bo‘lgan Frantsiya ayni guruhlarga qarshi kurashga aralashadi.

Shimoliy Malini Frantsiya Islomiy kuchlar qo‘lidan tortib olgach, nazoratni BMT va Mali hukumati kuchlariga topshirgandi.

Biroq "Al-Qoida"ga aloqasi bor, deb ishoniladigan Mali jangarilari hamon o‘z faoliyatlarini to‘xtatishmagan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq