Shinjon: "Ko‘mir koni hujumiga mas‘ul 28 kishi o‘ldirildi"

Image copyright Reuters

Xitoy xavfsizlik kuchlari amalga oshirgan amaliyotlar chog‘i Shinjondagi ko‘mir koniga qarshi qilingan halokatli hujum gumondorlari o‘ldirilgani xabar qilinmoqda.

Bu haqda xabar tarqatgan davlat matbuotiga ko‘ra, gumon ostidagi hujumchilarni qidirish amaliyotlari 50 kundan ortiq vaqt davom etgan.

"Shinjonda 56 kunlik davomli janglardan so‘ng xorijiy ekstremistik guruhning qo‘mondonligi ostida faoliyat qilgan zo‘ravon terrorchi to‘da yo‘q qilindi. Bir shaxs taslim bo‘lganidan tashqari, 28 kallakesar butunlay mavh etildi", deb yozgan "Shinjon Deyli".

Shinjon hokimiyati web portali ham bu haqda xabar bergan.

Bu Oqsuv viloyati Sog‘an toshko‘mir konida 18 sentyabr kuni yuz bergan hodisaga aloqador ilk rasmiy hisobotdir.

O‘shanda sodir etilgan zo‘ravonliklarda 16 kishi hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingandi.

Sentyabr oyi kon hujumi haqida birinchilardan bo‘lib xabar bergan "Ozod Osiyo" radiosi esa, hodisada kamida 50 kishi o‘ldirilgani aytgandi.

Hafta boshlarida xuddi shu xabar manbasi politsiya amaliyotlari chog‘i uch oilaga tegishli bo‘lgan ayollar va bolalar doxil 17 gumondor yo‘q qilingani borasida xabar qildi.

Etnik uyg‘urlar vatani hisoblangan Shinjon tez-tez tartibsizliklarga sahna bo‘ladi.

O‘tgan 3 yildan ortiq vaqt davomida amalga oshirilgan hujumlarda yuzlab odamlar nobud bo‘lgan.

Xitoy hukumati yuzlab uyg‘urlarni zo‘ravonliklarda ayblab o‘lim jazosi yoki uzoq yillik qamoq jazolariga hukm etgan.

Rasmiy Pekin zo‘ravonliklarda Shinjon Uyg‘uristonini Xitoydan ajratib mustaqil davlat qurishni xohlayotgan bo‘lginchi, islomiy ekstremistlar aybdorligini aytadi.

Lekin, muhojirotdagi Uyg‘ur tashkilotlariga ko‘ra, oxirgi yillarda Xitoy hukumati uyg‘urlarning dini, madaniy o‘zligiga nisbatan zug‘umni kuchaytirgan.

Bu esa oddiy uyg‘urlarni zo‘ravonlikka majbur qilayapti, deyishadi uyg‘ur faollari.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq