Zepp Blatter: o‘lishimga sal qoldi

Image copyright AFP

Lavozimidan chetlatilgan FIFA prezidenti Zepp Blatter aytishicha, yaqinda salomatligi yomonlashgan paytda o‘lib qolishidan qo‘rqqan.

79 yoshli janob Blatterni lavozimidan chetlatishgani ortidan noyabr oyida shifoxonaga tushgan.

"Men qo‘shiq kuylayotgan farishtalar bilan olov yoqayotgan iblis o‘rtasida qoldim. Men deyarli o‘lgandim. Bir vaqtga kelib tanam? "bo‘ldi, yetadi", dedi".

Janob Blatter vakili aytishicha, ikki hafta oldin ruhiy siqilish oqibatida salomatligi yomonlashgan FIFA rahbari shifoxonaga yotqizilgan.

Sentyabr oyida Shveytsariya prokuraturasi janob Blatterga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Xabar qilinishicha, Zepp Blatterga nisbatan "FIFA uchun foydali bo‘lmagan" shartnomani imzolash va 2011 yili 2 million Shveytsariya franki miqdorida "asossiz gonorar" to‘lash ayblovlari ilgari surilgan.

2 million frank UEFA Prezidenti Mishel Platiniga 9 yil oldingi ishi uchun berilgani xabar qilingan.

Mishel Platini so‘zlariga ko‘ra, bu pul "haqiqiy tovon puli" bo‘lgan.

Chunki janob Platini janob Blatter rahbarligi ostida bir necha yil ishlagan va bu haqda 1998 yili og‘zaki kelishib olgan bo‘lganlar.

Ushbu ayblovlar tufayli janob Blatter va janob Platini 90 kunga o‘z lavozimlaridan chetlatildilar.

Image copyright Reuters

Shu kunlarda FIFAning korruptsiya da‘volarini tekshirayotgan tergov komissiyasi o‘z hisobotini Arbitraj komissiyasi raisi Gans-Yoaxim Ekkertga taqdim etgan.

Hisobot tafsiloti hozircha ochiqlangani yo‘q.

Ushbu ish bo‘yicha tinglov dekabr oyi oxirigacha bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Shveytsariyaning RTS telekanaliga bergan intervyusida Zepp Blatter o‘zi va Platiniga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlarni yana bir marta rad etgan, Mishel Platinini "halol frantsuz" deb atagan.

"Bizning o‘rtamizda kelishuv bo‘lgan. Hatto FIFA qoidalarida ham kontrakt yoki yozma, yoki og‘zaki bo‘lishi mumkin, degan joyi bor. Bu og‘zaki, ishchi shartnoma bo‘lgan", deb aytgan Zepp Blatter.

RTS telekanalining janob Blatter bilan intervyusi 25 noyabr kuni namoyish etildishi kutilmoqda.

Lavozimidan chetlatilganiga qaramasdan, Mishel Platini FIFA prezidentligiga nomzoddir.

FIFA prezidentligi saylovi fevral oyiga mo‘ljallangan.

"Platini FIFA prezidentligiga loyiqmi", degan savolga Zepp Blatter shunday javob bergan:

"Ha. Agar u qaytsa, saylanadi".

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq