"Qrimda elektr ta‘minotini yangi yilda tiklash mumkin"

Image copyright RIA Novosti

Rossiya anneksiya qilgan Qrim rahbari Sergey Aksyonov aytishicha, yarim orolda elektr ta‘minoti bilan bog‘liq vaziyat yangi yil bayrami kunlari o‘z iziga tushishi mumkin.

Bunga Kerch bo‘g‘ozi orqali Rossiyadan elektr simini tortish bilan erishish ko‘zlanmoqda, Sergey Aksyonov yangi tizimni yo‘lga qo‘yish ishlari 22 dekabrgacha davom etishi mumkinligini aytgan.

21 noyabr kuni Qrim yarim orolini elektr quvvati bilan ta‘minlaydigan Ukrainaning Xerson viloyatidan uzatilgan elektr energiyasi liniyalarida portlashlar ro‘y bergan.

Oqibatda yarim orolda 1 million 600 ming kishi, 150 maktab, 100 ta bolalar bog‘chasi, 40 ta binolarni issiqlik quvvati bilan ta‘minlaydigan qozonxonalar elektrsiz qolgan.

Ukrainalik elektr mutaxassislari ishdan chiqqan LEPlarni ta‘mirlashga harakat qilganlar.

Image copyright RIA Novosti

Ammo Qrim Ukrainaga qaytarilishi talablarini ilgari surayotgan faollar montyorlarning ishlariga xalaqit qilganlar.

Elektr liniyalari ishdan chiqqan joyda faollar bilan xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqqan.

Dushanba kuni "Ukrenergo" shirkati aytishicha, faollar ta‘mirlash ishlariga izn bermaganlar.

BBC Ukrain xizmati bilan suhbatida Qrim Tatarlari lideri Mustafo Jamilev aytishicha, faollar faqat Ukraina hududiga elektr ta‘minotini qayta tiklaydigan liniyalar ta‘miriga ruxsat berishni xohlayaptilar.

Elektr ta‘minotini qayta uzatish faqat Qrimdagi Ukraina siyosiy mahbuslari ozod etilganidan keyingina boshlanishi mumkin, deb aytgan Mustafo Jamilev.

Image copyright AP

Elektr liniyalarini ta‘mirlashga ob-havo yomonlashishi ham xalaqit berishi mumkinligi aytilgan.

Gidrometereologlar Qrim va Azov atrofida bo‘ron yuzaga kelishi ehtimolidan ogohlantirgan.

Qrim rasmiylari yarim orolda favqulodda vaziyat e‘lon qilgan.

Shifoxonalarni elektr quvvati bilan ta‘minlash uchun zaxiradagi generatorlar ishga solingan.

Qrim 2014 yil martida Rossiya tomonidan anneksiya qilingan edi.

Qrimni Rossiyaning hududi deb faqat bir nechagina mamlakat tan olgan.

Image copyright Reuters

Ular orasida Shimoliy Koreya va Kuba bor.

G‘arb hukumatlari Rossiya anneksiyasini keskin qoraladilar va Moskvaga qarshi sanktsiyalar Qrim anneksiyasi bilan ham bog‘liq.

Biroq shu paytgacha yarim orol Ukrainaning Xarkov viloyatidan keladigan elektr energiyasi bilan ta‘minlanadi.

Qrimni Ukraina va xalqaro hamjamiyat Ukrainaning tarkibiy qismi deb hisoblaydi.

Oktyabr oyida Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenkodan Qrimgaelektr uzatishni to‘xtatish talabi ilgari surilgan petitsiya tashkillashtirilgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq