"Boing" uchog‘i O‘shga favqulodda qo‘ngan

Yomon ob-havo sharoiti tufayli "Boing" uchog‘i uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan, uchoqdagi olti kishi jarohatlangan.

Uchoq bortida 153 inson bo‘lgan.

Qirg‘izistonning "Avia Trafik" shirkatiga tegishli "Boing-737" uchog‘i Rossiyaning Krasnoyarsk shahridan O‘sh shahariga yo‘l olgan.

Tonggi soat 4 larda O‘sh aeroportiga qo‘nolmagan uchoq Bishkekka qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Soat 7 da yana O‘sha qarab yo‘l olgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 7:43 larda uchoq O‘sh aeroportiga qo‘nish harakatlarini boshlagan.

Biroq O‘sh atrofini hamon qalin tuman qoplagani va yon-atrofni ko‘rish qiyin bo‘lgani oqibatida yo‘lovchi uchog‘i uchish-yo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan.

Rasmiylarga ko‘ra, "Boing-737" juda qattiq qo‘ngan.

Uchoq shassisi va qanotiga shikast yetgan.

Uchoqdagi olti kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgani haqida xabar qilgan O‘sh tibbiyot rasmiylari.

Bir ayol shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan.

Ob-havo yomonligi bois O‘sh qo‘nalg‘asini yopishga qaror qilingan.

Bu O‘sh aeroportida shu yil boshidan buyon uchoq qo‘nishi bilan bog‘liq ro‘y bergan ikkinchi hodisa.

Mart oyida ham uchish-qo‘nish yo‘lagini qordan tozalashga ulgurilmagani oqibatida uchoq yo‘lakdan chiqib ketgan.

So‘nggi hodisa yuzasidan Qirg‘iziston transport prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, tergovchilar uchoq ekipaji havo parvozi xavfsizligini buzgan, degan to‘xtamga kelingan.

O‘sh aeroportiga ham moddiy zarar yetkazilgani xabar qilinmoqda.

Qirg‘iziston Bosh vaziri Temir Sariyev O‘sh aeroportidagi hodisa yuzasidan maxsus komissiya tuzishga qaror bergan.

Hukumatga Qirg‘iziston ixtiyoridagi barcha uchoqlarning texnik holatini o‘rganib chiqish, bagajlar xavfsizligini ta‘minlash buyrug‘i berilgan.

"Avia Trafik" shirkati qarorgohi Bishkek shahrida joylashgan.

"Avia Trafik" tasarrufida 4 ta Boeing 737 va bitta VAye 146-200 uchog‘i bor.

Aviashirkat Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Surgut, Qozon, Irkutsk, Krasnoyarsk shaharlariga, Qozog‘istonning Olma-Ota, Tojikiston poytaxti Dushanbe, Xitoyning Urumchi va Eronning Mashhad shaharlariga havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ygan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio