O‘zbekistonda erkak va ayol teng huquqlimi?

Image caption BBCning maxsus loyihasi

Har bir jamiyatda, har bir zamonda dolzarb deb qaraladigan muammolardan biri xotin-qizlar huquqlari bilan bog‘liq.

BBC Jahon Xizmati ayollarga bag‘ishlangan maxsus dasturlar - "100 ayol" mavsumini boshlagan.

O‘zbek tilida "Ayol bilan munavvar olam" deb nomlagan dasturlarimizda xotin-qizlar, jumladan bugungi o‘zbek jamiyatida ayolning o‘rni, ona, hamshira, o‘qituvchi, paxtakor va olima bo‘lgan o‘zbek ayolining yutuqlari, ular duch kelayotgan xavf-xatar va muammolarga to‘xtalamiz.

O‘zbekiston hukumati mustaqillik yillarida ayollarning erkaklar bilan teng huquqligi masalasiga alohida e‘tibor qaratilganini ta‘kidlab keladi.

Hukumat, aytish mumkinki, ayni maqsadda mintaqadagi boshqa davlatlardan ilgarilab ketib, hokimiyat vakillik (qonunchilik) organlariga saylovlarda nomzod ko‘rsatishda ayollar uchun 30 foiz o‘rinni kvotalash maxsus tizimini ham joriy etgan.

Ammo, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari, ayniqsa O‘zbekistonda bo‘lgani kabi – hayot haqiqatlari aksariyat holatlarda qog‘ozdagisidan keskin farq qiladi.

BBC ayni mavzuda o‘zbekistonlik ayollar bilan bir necha suhbatlar uyushtirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Facebook va Odnoklassnikidagi minglab muxlislardan so‘raganimiz O‘zbekistonda ayollar va erkaklar huquqlari qanchalar teng va yoki teng emasligi haqida edi.

Image copyright none
Image caption O‘zbekiston, paxta, xotin-qizlar...

(Ayrim izohlar tahrirsiz qoldirilgan –BBCUZBEK)

Mirza Anvar Xamidov: Teng xukuklilik, degani teng imkoniyatlar degani! Teng imkoniyat, deganda albatta fizeologik farkni etiborga olish, undan tashkaridagi ijtimoiy iktisodiy, siyesiy xayetdagi urinlarni solishtirish kerak! Albatta, fbdosh dustlarimiz ichida bu narsalarni tushunmaydiganlar xam bor. Shuning uchun bazi izoxlarga etibor bermasdan, ushbu masalani atroflicha muxokama kilish kerak! Teng xukuklilik deb, parlamentga 30% ayellarni utkazib kuyishga aytilmaydi! Tengxukuklik deb, ayelning kuliga otboynyy molotok tutkazib kuyib, zaboyga tushurishga, yeki kuliga pichok berib, k,assob kilib kuyishga aytilmaydi! Tengxukuklilik erkak uz doirasida, ayel uz doirasida nakadar erkin faoliyat yuritishi, xayet kechirishi, kezi kelganda uz xukuklarini ximoya kilish imkoniyati borligiga aytiladi!

Maxmuda Azimova: Shu xam tema buldimi nak 100 yil oldingi!!!

BBCUZBEK: Rost, Mahmudaxon, bu mavzu ehtimol 1000 yil avval ham bo‘lgandir, ammo savol o‘laroq, nazarimizda hamon dolzarb.

Rustamjon Abdullayev: BBC "O‘zbekistonda erkak va ayol teng huquqlimi?" - bu juda yaxshi savol. Bu cavolga shaxsan men shunday javob berishim mumkin: - O‘zbekistonda ayollar erkaklar bilan teng huquqli emas. Chunki O‘zbekistonda ayollarning huquqlari erkaklarnikidan ancha yuqori turadi. Sababi barcha erkaklar bilishadi: xotin-qizlarimiz, ya‘niy ayollarimiz, ularning barchasi onalar yoki bo‘lajak onalar. Demak tegishli hadisdan hulosa qilib aytganda: jannat ular ayoqlarining ostida... Yoki bu dunyoda o‘z onasini yaxshi ko‘rmaydiganlar ham bormi?

Sabryna Axmedova: Yuk nega erkak ayoldan bir pagona balon deymizayu xukukga kelsak teng deb uyliyman

Fatima Nabiyeva Kamilovna: Qonun oldida albatta teng huquqli!

Saida Shams: Albatta teng xukukli.barobar chekadi.ichadi.erkakni urniga uydagi xamma ishni kiladi erkak esa mingillab divanda yetadi..

Alisher Arifdjanov: Xukuklarini bir chekkaga kuyib , buladigan gapdan gaplashiylik. Yurtimizdagi Ayollarimizga yetadiganlari dunyoda yuk. Xusnu maloxatda xam , aklu farosatda xam , oriyatli itoatlilikda xam ularga gap yuk. Xammalari sog salomat bulishsin. Kuylik bozorida uchta ayol rosa kattik gap talashib turishganini tepasidan chikib koldim. Odamlarning unisi u dedi ,bunisi bu... Uz fikrlarini bildirishdi. Uzimcha shunaka fikrladimki , usha bechora ayollar tirikchilik sabab bozorda sovukda yoki yozdagi jaziramada ertadan to korongi tushgunicha tinmaydi. Erlariga yordam bulsin uchun, bolalariga ust bosh olish uchun , yoki uylarini remonti uchun xarakatda ular . Ya‘ni BOKASAN deb uligini tashlab yotvogani yuk ku.

Odnoklassnikidagi BBCUZBEK guruhidan:

-A-l-f-a- 97: Qog'ozda teng xuquqli. Hayotda esa aksi.

♥otabek♥iroda♥ mamagiyazov: Erkeklarimiz xurmati bor..etkani etkan.digani digan.lek.bazi bir erkela xurmatsizlikka loyik..

Đïļşħøđ ßËĶ (offìçîãļ pâģě): Huquq böyicha Erkak ayol teng davlatimizda.Lekin bizda bir birini hurmatlaw degan qoida bor!Bilib qöyingki hech bir davlatda bizdek Ota va Onani(yani erkak ayolni)yuksak hurmat ado etilmeydi! Buni Hech qaysi Huquqqa tenglawtirib bölmaydi!

alyu min: xukuqni teng desa xam buladi. lekin uzbek oilasida norasmiy ayol kishi asosiy odam :)

Umirbek Yegamberdiyev: Uzb.da erkak va ayol teng xuk'uk'liligi masalasini u'rtaga tashash, buyam bir, demokratiya masalasini k'u'zg'ab Uzb.ning ichki ishlariga aralashishga urinish bilan bir. Uzb.da erkak va ayolning, xar ikki tomonning u'z u'rni, u'z vazifasi, u'z masuliyati va u'z majburiyati bor. Bularning xammasi din, shariyat va milliy urf-odat k'onunlari bilan shakillanib, mukammallashib ulgurgan. Agar biz Uzb. ichdan yemirilishini istamasak, ana shu, nechta asrlar davomida shakllangan an‘analarimizdan tonmasligimiz, adashmasligimiz kerak. Bizni dunyodagi xech bir davlatdan, bu masalada, maslaxat olishga zarurchiligimiz yu'k'. Aynik'sa Yevropa va Amerika davlatlaridan. Biz fak'at u'zimizni shakillanib ulgurgan an‘analarimizni yanada mukammallashtirishimiz, aynik'sa erkaklarning javobgarligini kuchaytirishimiz kerak.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq