Tojikiston: Internetni qonunan to‘sish

Image copyright AP
Image caption Maxsus amaliyotlar chog‘i endi butun Tojikistonda telefon va internet uzib qo‘yilishi mumkin

Tojikiston qonunlaridagi yangi o‘zgarishlarga muvofiq, hukumat maxsus amaliyotlar davomida butun mamlakat bo‘ylab internetni to‘sib, telefon aloqalarini uzib qo‘yishi mumkin.

Ayni qaror "mamlakat axborot xavfsizligini asrash" maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.

Tojik hukumatiga ko‘ra, terrorchilar aynan telefonlar yordamida ko‘plab hujumlarni amalga oshirishadi.

Shu bois endi shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, hech kimga qo‘l telefoni sim-kartalari sotilmaydi.

Hukumat ilgari ham maxsus amaliyotlar chog‘i internet va telefon aloqalarini to‘sgan hollar bor.

Masalan, 2012 yili Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida maxsus xizmatlar generali Abdullo Nazarov qotillarini ushlash uchun olib borilgan amaliyotlar payti butun viloyat bilan aloqalar uzib tashlangandi.

Markaziy Osiyo davlatlari terrorchi va ekstremist guruhlar internetni suiste’mol qilishadi, degan bahonada cheklov va nazoratni kuchaytirib kelishmoqda.

Ammo tanqidchilarga ko‘ra, mintaqa davlatlari aslida internetga tsenzura joriy etish va muxolif fikrlarni bo‘g‘ish maqsadida ayni harakatlarni amalga oshiradilar.

Tojikiston hukumati so‘nggi yillari qator websahifalarini vaqti-vaqti bilan to‘sib kelmoqda.

Ayniqsa, hukumat vakillari hamda davlat rahbarlari tanqid qilingan yoxud arab dunyosidagi aksilhukumat isyonlari haqida ko‘p yozadigan websahifalar to‘sib qo‘yilgan yo taqiqlangan holatlar mavjud.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq