Suriyada yashovchi turkmanlar kimlar?

Image caption Asadga qarshi kurashayotgan turkman jangarilari

Turkmanlar Suriya shimoli, shuningdek Iroq va Eron shimoliga qadar uzangan mintaqalarda XI asrdan beri yashab kelishadi.

Suriya hududida ular asosan Turkiya chegarasiga yaqin Latakiya shimoli, shuningdek, Aleppo, Idlib, Homs, Tartus va Damashqda yashaydilar.

Ularning soni haqida aniq ma‘lumotlar yo‘q.

Lekin taxmin qilinishicha, bu son 1.5 milliondan 3.5 millionga qadar bo‘lishi mumkin.

Al-Asadlar sulolasining qudratga kelganidan beri turkmanlarga o‘z tillarida biron narsani nashr qilish va hatto o‘z ona tillarida yozish ham taqiqlangan.

Mamlakat hukumati ularni va boshqa etnik ozchiliklarni tan olmaydi va "yagona Suriya arablari millati" g‘oyasini targ‘ib qilib keladi.

Turkmanlar manfaatlarini himoya etuvchi partiyalar "Suriya turkmanlari assambleyasi" ostida birlashib, G‘arb va Fors ko‘rfazi davlatlari tomonidan qo‘llanuvchi "Milliy koalitsiya" atalmish muxolif guruhga yaqinlar.

2011 Suriyada namoyishlar boshlangan vaqti Turkiya tomonidan dastaklangan turkmanlar qo‘llariga qurol olib rejimga qarshi kurashga otlandilar.

Turkiya Bashar al-Asad hukumatiga qarshi bo‘lib kelgan.

Image copyright RIA Novosti
Image caption Asad uchun Suriyada hamma "suriyalik arab"

2012 yili yana Turkiya tomoni qo‘llovi bilan "Suriya turkmanlari brigadasi" qurolli guruhi tuzildi.

Uning tarkibida 10 mingga yaqin askar borligi aytilgandi.

Ularning harbiy tizimlari muqarrar emas, lekin Suriya shimolida qator harbiy bo‘linmalarga egalar.

2013 yili Latakiya viloyatida tarkibida 12 harbiy bo‘linma bo‘lgan "Jabal at-Turkman brigadasi" tuzildi.

2015 yili ushbu brigada tarkibida Ikkinchi Sohil diviziyasi paydo bo‘ldi.

Bu diviziyaning G‘arb tomonidan dastaklangan isyonchi "Ozod Suriya Armiyasi" bilan aloqasi juda yaqin.

Mintaqadan olinayotgan xabarlarga ko‘ra, bu brigada Latakiya qishloq hududlaridagi boshqa muxolif guruhlar bilan ham hamkorlik qiladi.

Masalan, "Al-Qoidaga yaqin "An-Nusra jabhasi", shuningdek, islomiy "Ahror ash-Shom" guruhlari bilan.

Bu mintaqalarda turli "brigadalar" va Suriya qurolli kuchlari, eronlik harbiylar va havodan Rossiya qo‘llab-quvvatlayotgan Livanlik "Hizbulloh" guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sahnasiga aylangan.

Turkman guruhlarining asosiy raqibi Suriya hukumat qurolli kuchlari va o‘zlarini "Islomiy Davlat" deya taqdim etuvchi tashkilotning harbiy bo‘linmalaridir.

Kurdparast "Brigada"

Yana bir harbiy bo‘linma "Sulton Salim brigadasi" deya yuritiladi va kurdlar tarafdoridir. Bu brigada asosan, Suriya bilan Turkiya chegarasida joylashgan Kobaneda yashovchi turkmanlardan tashkil topgan.

Bu guruh jangarilari kurdlarning harbiy qanoti bo‘lmish "O‘z-o‘zini himoya qilish milliy otryadi" bilan anchadan beri yaqin aloqada.

Bundan tashqari bu brigada shu yil 10 oktyabrida AQSh va kurdlar tomonidan qo‘llangan va kurdlar tomonidan boshqarilgan "Suriya demokratik kuchlari" qurolli ittifoqiga kirgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio