O‘zbek ayollarini xorijda fohishalikka nimalar majburlamoqda?

Image caption Suratning maqoladagi xabarga aloqasi yo‘q

Hindiston politsiyasi fohishalikka majburlangan O‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi yuzasidan jinoyat ishini tergov qilishni boshlagan.

Sh.S. ismli ayolning jasadi 16 noyabr kuni Dehli yaqinidan topilgan.

Hind matbuotining yozishicha, politsiya avvaliga qotillikka aloqadorlikda gumon qilingan ikkinchi ayolning ham o‘ldirilganiga ishonmoqda.

Politsiya A.Sh. ismli ayolning ashyolari orasidan 2014 yil sentyabrida O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi nomiga yozilgan, ammo jo‘natilmay qolgan maktubni topgan.

Unda o‘zbekistonlik odam savdosi qurboni qanday qilib o‘z tug‘ilgan joyidan Hindistonga kelib qolgani va Dehli hamda Panjobda fohishalikka majburlangani haqida yozgan.

Bu o‘zbek ayollarining Hindistonda birinchi marta jinsiy qullikka tushish hollari emas.

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni odam savdosi va jinsiy qullik manba‘si bo‘lgan davlatlar sirasiga kiritgan.

O‘zbekiston hukumati so‘nggi yillarda odam savdosiga qarshi kurashni kuchaytirganini aytadi, ammo tahlilchilarga ko‘ra, og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘zbeklarni xorijdan ish izlashga majburlamoqda.

Ish ilinjida xorijga safar qilganlar orasida esa qullikka tushayotganlar oz emas.

Sizningcha, o‘zbek ayollarini xorijda fohishalik qilishga qanday omillar majburlamoqda?

Ushbu savol ko‘plab BBC O‘zbek o‘quvchilarining e‘tiborini tortdi.

(Ayrim izohlar tahrirsiz berilmoqda)

Shuhrat Ikrom: "Dinimizdan bexabarligi, joxillik ,oson pul topishga bo‘lgan moyillik. Onalarimiz - momolarimiz 1930-40 yillar ochlik va urushni boshidan o‘tkazishgan, lekin bunday ishlarga qo‘l urishmagan".

Xon Keldi Alim: "Birinchi sabab - ishsizlik, ikkinchi sabab - so‘mning inflyatsiya darajasi juda kuchliligi. O‘z yashab turgan joyida 100-200$ ga teng mikdorda maosh beradigan doimiy ish o‘rni topa olganida, ketmas edi shu qizlar".

Nafisa Elchiyeva: "Qaysi donishmand tahlilchilar tahlil qilibdiki, O‘zbekistonda og‘ir ijtimoiy - iqtisodiy ahvol deb? Shunday be‘mani gaplarni eshitsam, jahlim chiqadi."O‘zbek ayollarini xorijda fohishalik qilishga qanday omillar majburlamoqda". Bir-ikkita adashgan yoki nafsini quli bo‘lgan ayollar orqasidan butun o‘zbek ayollarini ayblash yaxshimi? Nimaga faqat yomonlik ko‘rasiz, yozing O‘zbekistonni 154 davlat ichida 44 urinda eng baxtli yashash uchun kulay davlat deb topilganini..."

Zulfiya RuziMukhammad: "To‘g‘ri, hozir shunday vaqt bo‘lib qoldiki, pul uchun... hatto, qarindoshing aldab sotvoradi. Ko‘plar aldov gaplarga ishonib chuv tushishadi. Lekin, o‘z xohishi bilan borib yosh ayol-qizlar shu ishni qilib kelishadi. Har safarga borganimda, shunaqa qiz juvonlarni ko‘p ko‘raman. Shu sentyabr oydayam qaytvotganimda, shunaka kizlarga duch keldim, aniqrog‘i bitta samolyotda. 8-9 qizlar bir-biri bilan baland ovozda yana bexijolat gaplashib kelishdi.... Mana o‘zbek ayol qizlari... Qani, o‘zbekki mana man degan or-nomusli yigitlari? Qani hayoli-iboli qizlari? Bir shoir aytgan ekan: "Biz yuzingdagi chimmatni oldik, hayo-iboni emas", deb.

Rustam Karim: "Agar dunyoni o‘zgartirmokchi bo‘lsang,o‘zingdan boshla" degan ibora bor! Bu yerda Ota-Onani va dinni aralashtirish noo‘rin! Ayb fakat O‘zbekistonning Zulumkor siyosati va Dinga karshi kurashishidadir!

Nafisa Rohatalieva: "Yo‘q, Zulfiya RuziMukhammad, sizni gapingizga qo‘shilmayman. Man ham qiynaldim, bolalarimga bir to‘g‘ram non topib berolmagan kunlarim bo‘ldi, lekin ko‘chaga chiqib o‘zimi sotish xayolimni bir uchiga kelmadi.Nima qilsam halol pul topib bolalarimni katta qilaman, dedim va harakat qildim. Halol pul topaman, deb maqsad qildim, Olloh yetkazdi, lavashga ishga kirdim. Xamir qilardim, yengil ish emas, sahar 4 da ish boshlanadi, kechki 9 da uyda bo‘lardim. Yaxshi pul topganimdan charchaganim bilinmadi, bolalarimi sog‘inib ketardim, ular bilan o‘ynab charchog‘imni chikarardim. Beva ayolmasman, turmush o‘rtog‘imning maoshi kamligidan yordam bo‘lsin, deb ishladim. Nima demoqchiman bu bilan, hamma harakat qilsa, yetadi niyatga. Ming shukurlar bo‘lsin, yaxshi niyatli bo‘lganim uchun Olloh yo‘limi ochgan, mana hozir Turkiyadaman. Bu yerda ham yaxshi ishga joylandim, halol pul topayotganimdan o‘zimdan g‘ururlanaman. Qaytib borsam, bolalarimni oldiga yuzim yorug‘, bundan uyalmayman".

Ulukbek Boronbaev: Turkiyaga shunaqa ishga ketayotgan ikki qizni Bishkekda olib qoldik: "Bormanglar, sotib yuboradi", deb. Hozir tsexda tikuvchilikda ishlashiyapti. 250-300$ ishlashadi. inson noshukur bo‘lmasa, insof bersin endi..."

Pulat Turon: I.A.Karimovning bosimi asosida qurilgan jamiyatning mevasi, allaqachonlar boshlanib bo‘lgan. Kambag‘al kundan kunga gadoga aylanib, hukumat sudxo‘rlar esa, boy bo‘lib bormoqda va bu ochik yaqqol xammaga havola! Fohishalikka o‘zlari rozi pul uchun, Islom dini to‘tilarga qoldi. Kim to‘sa oladi bu gunohdan?? Iymonga chaqirsang, qamasa?? Zino desang, vatandan quvsa??"

Muxammed Ugizxan Ugli: "Hech kim bu ayollarni majburlamaydi, pul topish uchun o‘zi majbur bo‘ladi fohishalik qilishga! Meni bitta tanish dugonam Dehlida shunaqa bitta yigitga jinsiy xizmat va eskord vazifasini bajargan edi. Hindistonda boy rayonlari ham, boylari xam juda ko‘p ekan va ularga nisbatan oqligi uchun bu qizlarga yaxshi narx to‘lanar ekan!"

Baxtiyer Parpiyev: "Agarda o‘zida xohish bo‘lmasa, hech Kim bu ayolni Hindistonga yoki Koreyaga olib ketolmaydi, nafsini ko‘yiga tushgan, shukur qilib yashasin, rizq Ollohdan".

Mavjudaxon Fayzimuhamedova: "Engil pul topish yo‘li bu, ota-onasi qandoq turmushga chiqmagan qizini chet elga yuvoradi?"

Maxmuda Azimova: "Bunaqa yo‘l bilan pul topganidan ko‘ra, o‘lib ketsin o‘sha yerlarda!!!"

Umida Shamuratova: "Insonni o‘ziga bog‘liq... shu yerda qilgan ishlarini chet elga borib ham qilishadi... insof bersin".

Nilufar Urunbayeva: "Ishsizlik, deb bo‘lmaydi. Inson chin dildan yondashib, ish qidirsa ish topiladi. Mehnatga layoqatsiz ayollar shu ishni qilishadi".

Umid Raxmatov: "Xammma qizlani buzilish sababi, erga tega olmagani, internetga köp kirib, xar xil porno saytlarni körib buzilib ketiwyapti"

Davlatbek Tuhtaboev: Erni xotin bokmasin. Er xotinni va oilani boksin, avvalambor. Yaxshi ham, yomon xam oiladan boshlanadi. Farzandlarimizga shukur qilishni va ayol-qizlarimizga sabr qilishni Allohdan so‘rashimiz kerak. Insonni o‘ziga bog‘liq, hamma narsa istagiga tilagiga yarasha bo‘ladi. Kurmay, ushlamay turib, yolg‘on ig‘voga uchmanglar, shukur, ming-ming boylik tinchlik emas, to‘qchilik, to‘kinlik emas. Yurtimiz tinch bulsin".

Nasiba Umirbayeva: "Hammasi odamni o‘ziga bog‘liq! Rivojlangan mamlakatlarda ham fohishalar ko‘p! Kelgindi emas, o‘zidan chiqqan! Bu bir tilanchilikka o‘xshagan illat! Tilanchilikni ham hamma qilomidiku! Bu bir tubanlashgan odamlar!"

Rustam Karim: "Siz rivojlangan davlatlarni emas,o‘z davlatingizni gamini o‘ylang!!!Rivojlangan davlatlardan,O‘zbekistonga kelib foxishalik qilyaptimi yeki aksi bo‘vottimi???Aqlni ishlating, Xonim!!!Rivojlanmagan davlatlarni hammasida o‘zbek fohishalari bor, nima uchun???"

Nasiba Umirbayeva: "Qo‘lidan hech nima kelmaydigan odam faqat noliydi va tafakkur qilib yuraveradi... Amalda qo‘lidan hech narsa kelmaydi! Mamlakatda oldinga qarab siljish bor! Shukur qilib yashash kerak!"

Martaba Hanova: "Fohishalik b.n shug‘ulanayotgan ayollar qonun taraflama o‘zini himoya qilmay, aldangan ayolar! Kimningdir aldoviga uchragan ayollar... Bu esa, shu ayolni saviyasi pastligidan!"

Guli Xakimova: "Hech anglab bo‘lmas voqealar. Hindistonda nima bor?"

Mexmet Chelebey: "O‘zbekiston xalqi ham butun SNG xalqlari kabi kommunistik boshqaruv, mafkuradan qutila olmagan hali ham bu boshqaruv yasharkan, imonsizlik, xalqni itcha ko‘rmaslik davom etarkan, bu kabi iflosliklar davom etaveradi..."

Xaydarova Kamola: "Judayam og‘ir mavzuni ko‘taribsiz".

Shirin Sh: "Uylashimcha xech kim ataylab shunaqa ish orqasidan pul topish uchun bormaydi. Ammo Uzb.dagi iqtisodiy qiyinchilik, oila boqish tashvishi ularni chet davlatda pul ishlab kelishga majbur qiladi. Va shunday paytda ayrim mashinnik yollanmachilar bechora sodda xotin-qizlarni aldasa kk. Ammo bu achinarli. Xotin qizlarmizni aldanib qolishidan Olloh o'zi asrasin"

Shokhiniso Yusupova: Ijtimoiy-iqtisodiy ahvol sizlar aytganchalik yomon ekan, nega hamma ayollar fohishaga aylanishmaydi? Har bir qo'y o'z oyog'i bilan osiladi. Bu ayollar shunchaki nafslariga qul kimsalar".

Jaxongir Mamadaliyev: "Mehnat qilsa, O‘zbekistonda ham qorni to‘yadi"

Raiba Kambarova: "Beayb fakat Parvardigor. Kim gunoh kilsa, o‘zi javobini beradi. Bu aniq. Biz xam gunohkor bandalarmiz. Bilar va bilmas qilgan gunoxlarimiz uchun Allohga ibodat qilib, Astag‘firulloh aytamiz. Yurtimiz tinchligiga bexisob shukur kilamiz. Yurtimizni tinchligini ushlab turganlar omon bo‘lishsin! Biz musulmonlar tinchlikni qadriga yetaylik".

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq