O‘zbekistonda "gaz ta‘minotida uzilishlar bo‘lmaydi"mi?

Qish mavsumi kirib kelishi bilan aholi uchun yoqilg‘i, xususan, tabiiy gaz ta‘minoti o‘ta dolzarb bo‘lishi tabiiy. Ayniqsa ta‘minotda uzilishlar tez-tez kuzatilayotgan oxirgi yillar mobaynida.

Lekin O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligining websahifasida 2 dekabr kuni chop etilgan maqola sarlavhasi anchayin umidbaxshdek.

Maqola "Gaz ta‘minotida uzilishlar bo‘lmaydi" sarlavhasi ostida chop etilgan.

Maqolada aytilishicha, "Prezidentimiz rahnamoligida aholi turmush sharoitini yuksaltirish, xususan, gaz, elektr, ichimlik suvi bilan ta‘minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda".

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qaroriga binoan Jizzax viloyati misol keltirilib, "qish mavsumida xonadonlar va ijtimoiy soha ob‘ektlarining tabiiy gaz bilan uzluksiz ta‘minlanishiga alohida e‘tibor qaratilayotgani" ta‘kidlangan.

Amalda ham shundaymi? Biz Samarqand shahrining Payariq tumani Ahmad Yassavi mahallasi yashovchisi bilan bog‘lanib, haqiqatan ham O‘zA maqolasida aytilganidek, gaz ta‘minotida uzilish yo‘qmi, deb so‘radik.

Suhbatdoshimizning aytishicha, ularning mahallasida deyarli 10 yildan beri tabiiy gaz umuman yo‘q.

Ustiga-ustak, mahalla ahli anchadan beri gazdan foydalanmagan bo‘lsalar ham, "Raygaz" tomonidan millionlab so‘m "qarzdor" qilib qo‘yilgan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio