Tog‘li Qorabog‘da to‘qnashuv: qurbonlar bor

Image copyright BBC World Service
Image caption Tog‘li Qorabog‘ mojarosi hanuz yechimini topmagan

Ozarbayjon mudofaa vazirligi Tog‘li Qoraboqqa tutash chegara nuqtasida arman harbiylarining hujumi haqida xabar bermoqda.

Ozariy harbiylariga ko‘ra, bir necha kishi halok bo‘lgan.

"Oxirgi kunlarda arman qo‘shinlari qo‘poruvchilik faoliyatini butun jabha chiziqlariga yoyishga harakat qilmoqda. Arman qurolli kuchlari, mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan foydalangan holda, 4 dekabrga o‘tar kechasi jabha chizig‘ining turli nuqtalarida bizning mavqe‘larimizga hujum qilishga urindi",-deyiladi Ozarbayjon mudofaa vazirligi web sahifasida chop etilgan xabarda.

"Arman tomoni talofatlar berdi va chekinishga majbur bo‘ldi. Hozirda halok bo‘lganlarning soni aniqlanmoqda", - deb aytgan vazirlik.

O‘z navbatida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi armiyasi vakillari jumaga o‘tar kechasi Ozarbayjon qurolli kuchlari ularning hududiga kirishga uringani, natijada qorabog‘lik bir askarning halok bo‘lganini bildirishgan.

Arman xabar agentliklari Tog‘li Qorabog‘ mudofaa vazirligining xabaridan iqtibos keltirgan.

Unda aytilishicha, yuz bergan jang natijasida "dushman talofatlar bilan o‘z mavqe‘yiga qaytarilgan".

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ tufayli davom etayotgan mojaro hanuz yechimini topmagan.

Tog‘li Qorabog‘ bilan birga unga tutash yetti tuman Armaniston nazoratida qolmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio