Turkiya: Halicha Rossiyaga viza kiritmaymiz

Image copyright

Bu kabi xabarlarni BBCga Turkiyaning Moskvadagi elchiligi rasman tasdiqlagan.

Turkiya elchiligiga ko‘ra, Rossiyaning sanktsiyalariga javoban bu ishga qo‘l urish niyatlari, hozircha, yo‘q.

"Turkiya Rossiya xalqini do‘st, deb biladi va ular bilan yaxshi aloqalarini buzmoqchi emas. Turkiyaning Rossiya xalqiga salbiy ta‘sir qiluvchi qarorlarni qabul qilish niyatida emas", - deb aytgan elchilik vakili Rossiyaning "Interfaks" axborot agentligi bilan suhbatida.

Shu yilning 27 noyabr kuni esa, Rossiya tomoni kelasi yildan boshlab Turkiya bilan amalda bo‘lgan vizasiz tizimni bekor qilish qarorini e‘lon qildi.

O‘sha paytda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya joriy yilda noqonuniy faoliyatda band 200 dan ortiq rossiyalikni deportatsiya qilgani, "aksariyat hollarda" bu odamlarning boshqa davlatlarga jo‘natib yuborilishi o‘zlariga yoqmasligini bayon qildi.

Aslida ikki davlat orasidagi munosabatlarga shu yilning 23 noyabr kuni sodir bo‘lgan hodisa jiddiy raxna solgan.

Turkiya Suriya bilan o‘zaro chegarasida Rossiyaning Su-24 qiruvchi uchog‘ining urib tushirgandi.

Rasmiy Anqaraning bayon qilishicha, Rossiyaning qiruvchi uchog‘i o‘shanda o‘z havo hududlarini buzib kirgan.

Ammo Rossiya tomonining qat‘iy rad etishicha, o‘z uchuvchilari bunday yo‘l tutishmagan.

O‘tgan hafta yuz bergan mazkur hodisaga Rossiya juda g‘azabnok munosabat bildirgan.

Ikki o‘rtadagi vizasiz tizimni bekor qilishdan tashqari, Rossiya hukumati Turkiyaga qarshi qator jazo choralari kiritishga ham qaror qilgan.

Turkiyadan kelayotgan meva va sabzavotlarga taqiq qo‘ygan, turk shirkatlarida ishlashni cheklagan, Turkiyaga uyushtirilayotgan sayohatlarni ma‘n qilgan, charter reyslarni bekor qilgan, turk yuk mashinalari va Qora dengizdagi yuk kemalari ustidan nazoratni kuchaytirgan.

Kecha payshanba kuni qilgan televizion murojaatida esa, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiyani hali qilgan ishlaridan yaxshigina pushaymon bo‘lishlari bilan ogohlantirgandi.

Turkiya tomoni esa, Rossiyaning amallariga "og‘ir-bosiqlik bilan javob qaytarishi"ni bayon qilib keladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq