"London metrosidagi pichoqlash-terrorchilik amali"

Image caption Politsiya hujumchini hibsga olgan

Britaniya politsiyasi London sharqidagi Leytonstoun metro bekatida uch shaxsning pichoqlanishini terrorchilik hujumi sifatida ko‘rayotganini aytgan.

Shohidlarga ko‘ra, hujumchi go‘yoki "Bu Suriya uchun!" deya qichqirgan.Politsiya uni hibsga olgan.

Hodisada bir kishi jiddiy jarohatlangan.

Britaniya hukumati vaziyatni yaqindan kuzatayotganini aytgan.

Hodisa sahnasi aks etgan videoda metro bekati kirishi qonga to‘lganini ko‘rish mumkin.

Politsiya terrorchilik xavfi yuqoriligicha qolayotganini aytgan.

"Biz buni terrorchilik ko‘rinishi sifatida baholaymiz. Hammani osoyishtalikni saqlash, ammo hushyor bo‘lishga chaqiramiz", - deb aytgan London politsiyasining askilterror bo‘limi boshlig‘i Richard Uolton.

Hujum Grinvich vaqti bilan 19.00 ga yaqin yuz bergan.

London metrosining Markaziy liniyasida poyezdlar harakati ertalabga qadar to‘xtatilgan.

Guvohlardan birining BBCga aytishicha, hujumchining qo‘lida "ingichka, ammo uzun tig‘ bo‘lgan".

Jarblanganlardan birining tashqariga zambilda olib chiqilgani ko‘rilgan, ammo rasmiylarning aytishlaricha, uning hayoti xavf ostida emas.

Avvalroq Britaniyaning Suriyaga havo zarbalarini qo‘llab-quvvatlab ovoz bergan leyboristlar partiyasining ikki vakili o‘zlariga nisbatan haqorat va tahdidlardan politsiyaga shikoyat qilishgandi.

Saymon Danchuk va Neyl Koubu haqda Facebook hamda Twitterdagi sahifalarida ma‘lum qilganlar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio