"Maoshlar inflyatsiyadan yuqori bo‘ladi"mi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistondagi nashrlarning yozishicha, kelgusi yil oylik ish haqi, nafaqa va pensiyalarning miqdori inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

2016 yilga mo‘ljallangan davlat byudjetida maosh va pensiyalarning "inflyatsiya darajasidan yuqori sur‘atlarda" oshirib borilishi ko‘zda tutilgan.

Ammo aniq raqamlar berilmagan.

Jumladan, 2016 yilda inflyatsiya sur‘atining qancha bo‘lishi noma‘lum.

Rasmiy raqamlarga ko‘ra, 2015 yilda inflyatsiya darajasi 5,5 – 6,5 foizni tashkil etishi kutiladi.

Joriy yilda byudjetdan maosh oladigan xodimlarning maosh, nafaqa va pensiyalari 10 foizga oshirilgani xabar qilingan.

Payshanba kuni Senat 2016 uchun davlat byudjetini qabul qilgan, unda oxirgi yillarda birinchi marta iqtisodiy o‘sishning 8 foizdan kam bo‘lishi ko‘zda tutilgandi.

Rasmiy raqamlarga ko‘ra, yangi yilda yalpi mahsulot hajmining o‘sishi 7.8 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Bu mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur‘atining o‘tgan yilgidan 0.3 foizga pasayishini anglatadi.

Daromadlar kamaymoqda

Oxirgi marta O‘zbekistonda eng kam ish haqi miqdori shu yilning 1 sentyabrida 130 240 so‘m qilib belgilangandi.

Bu Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha 47 AQSh dollaridan ko‘proq, ammo qora bozor kursi bo‘yicha 24 dollardan kam.

Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, shu yil boshidan buyon o‘zbek so‘mi 11 foizga qadrsizlangan.

Hukumat aholining real daromadlari yildan-yilga oshib borayotganini ta‘kidlab keladi.

Ammo tahlilchilarga ko‘ra, O‘zbekistonda byudjet ochiq bo‘lmagani va iqtisodiy munosabatlar bozor tamoyillariga asoslanmagani bois aholining real daromadlari borasida oldindan bashoratlar qilish qiyin.

Ammo so‘nggi paytlarda Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz bois pul o‘tkazmalarining kamayishi va so‘mning qadrsizlanishi aholi daromadlariga salbiy ta‘sir qilayotgani kuzatiladi.

Jumladan, uy-joy va avtomobil narxlari sezilarli darajada tushgan, sotishlar kamaygan.

So‘nggi yillarda sur‘at bilan rivojlangan inshoot sohasi, xususiy uy-joy qurilishlarining ham kamaygani kuzatiladi.

Ammo aholi xarid quvvatining pasayishi narx-navo va umumiyat-la, iqtisodiyotga qanday ta‘sir ko‘rsatishi borasida rasmiy hisob-kitoblar yo‘q.

Qozog‘istonlik iqtisodchi, O‘zbekiston Moliya vazirligining sobiq mutaxassisi Saparboy Jubayevning BBCga aytishicha, O‘zbekistonda iqtisodiyot bozor tamoyillari emas, balki davlat tomonidan boshqarilgani uchun oldindan aniq prognozlar qilish qiyin.

Ammo uning aytishicha, qo‘shni Qozog‘iston bilan oylik maosh va nafaqalar o‘rtasidagi farq solishtirib bo‘lmaydigan darajada katta.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio