Merkel Putinu Bag‘dodiyni ham dog‘da qoldirdi

Amerikaning haftalik nufuzli Time jurnali aynan Olmoniya kantslerini "Yilning odami", deb topdi.

G‘olibani shaxsan Amerikaning haftalik nufuzli jurnali Bosh muharriri Nensi Gibbsning o‘zi e‘lon qildi.

Time jurnali Bosh muharririning aytishicha, Angela Merkel joriy yilda kuzatilgan eng og‘ir holatlarda o‘zining qoyilmaqom rahbarlik salohiyatini namoyon etgan.

Ovro‘podagi iqtisodiy inqiroz, qochqinlar bo‘hroni va butun qit‘a xavfsizligiga tahdid soluvchi Parijdagi qonli hujumlar bunga bir misol, deb aytgan Nensi Gibbs.

Time jurnali Bosh muharriri Angela Merkel xonimning dunyoda tutgan "sobit ma‘naviy liderligi" va mustabidlikka qarshi keskin mavqeini alohida tilga olib o‘tgan.

Amerikaning haftalik nashri qachon Ovro‘poga jiddiy inqiroz tahdid solmasin, Olmoniya kantsleri o‘sha onning o‘zida hoziru nozir ekanini ham alohida ta‘kidlagan.

Time jurnali o‘z tasnifidagi "Yilning odami"ni 1927 yildan buyon e‘lon etib keladi.

G‘olib yoki g‘olibani tanlashda esa, o‘sha insonning yil davomida jahonda kechgan voqea va hodisalarga qanchalik jiddiy ta‘sir qila olganini nazarda tutadi.

Jurnalning bu yilgi nomzodlari ro‘yxatiga esa, Angela Merkeldan tashqari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Yaqin Sharqdagi islomiy xalifat va "Islomiy Davlat" guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy hamda o‘zining musulmonlarga oid so‘nggi chiqishi bilan tanqidlar ostida qolib ketgan amerikalik milliarder, AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp ham kiritilgan.

Ulardan tashqari, mintaqaga "tanish chehralar" orasidan Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ham "Yilning odami" maqomi uchun ‘bellashib ko‘rgan’di.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq