Rossiyada qashshoqlar soni ko‘paydi

Image copyright RIA Novosti

Rossiyada joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida daromadi oylik eng kam ish haqidan past bo‘lgan aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 million 300 ming kishiga oshgan.

Rossiya davlat statistika xizmati e‘lon qilgan raqamlarga ko‘ra, hozirda 20 million 300 ming nafar rossiyaliklar qashshoqlikda hayot kechirishmoqda.

Bu mamlakat umumiy aholisining 14,1 foizini tashkil etadi.

Rasmiy raqamlardan anglashilishicha, iste‘mol savatchasiga kiradigan mahsulotlar narxi umumiy hisobda 4 yarim foizga pasaygan, nooziq-ovqat mollar va xizmatlar narxi esa 2,7 hamda 2.0 foizga tushgan.

Davlat statistikasiga o‘tgan yil martida Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim va Sevastopolga oid ma‘lumotlar kiritilmagan.

Tanazzul

Jahonda neft narxlarining tushishi va g‘arb davlatlari Ukraina bois Rossiyaga qarshi kiritgan jazo choralari mamlakat iqtisodiga salbiy ta‘sir qilgan.

Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov Rosiya g‘arb sanktsiyalaridan ja‘mi 140 milliard dollar atrofida zrar ko‘rishini aytgan.

Prezident Putin neft narxining tushishi iqtisodiyotga zarar yetkazsa-da, "halokatli emas", deb atagan.

Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevning aytishicha, o‘tgan oy mamlakatda Yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishi 0,1 foizga teng bo‘lgan.

Rossiya Federal Kengashidagi chiqishida janob Ulyukayev yil oxiriga kelib iqtisodiy tushish 3,7 foizni tashkil etishini aytgan.

Unga ko‘ra, bu kutilganidan yaxshiroq natijadir.

Chorshanba kuni Sberbank rahbari German Gref shoshilinch islohotlar amalga oshirilmagani taqdirda 2016 yilda Rossiya retsessiyaga yuz tutishini aytgan.

"2016 yilda iqtisod tanazzulga yuz tutadi. Agar islohotlar nuqtai nazaridan yangi burilish yuz bermasa, iqtisod butunlay izdan chiqadi", deb aytgan Rossiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri.

Shu oy boshida Prezident Putin neft narxlarining tushishi va iqtisodiy jazo choralari uzoqroq davom etishi mumkinligini tan olgan edi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio