Moskva qabristonlarida bepul internet xizmati

Image copyright none
Image caption Novodevichega qo‘yilgan mashhurlar orasida Anton Chexov ham bor

Moskvadagi uch qabriston yangi texnologiyalar va raqamli o‘zgarishlar davriga qadam tashlamoqda ekan.

Odamlar eng ko‘p ziyorat qiladigan uch qabriston to‘la WI-FI internet xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi.

Moskva shahri websahifasida yozilishicha, Novodeviche, Troyekurovskoye va Vagankovo qabristonlari 2016 yilning birinchi yarmidan boshlab bepul internetdan foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi.

Moskva shahar dafn marosimlarini tashkil qilish xizmati rahbari Artyom Yekimovga ko‘ra, maqsad ziyoratchilar ushbu qabristonda yotgan taniqli odamlar haqida ko‘proq ma‘lumotlar olishlari va ularning qabrlarini topishga yordamlashishdir. Shuningdek, bu amaldan qabristonga ziyoratga keluvchilarga "qulaylik" hamda "ruhiy dalda fazosi"ni yaratish ko‘zlangan.

Ayni qabristonlar uchun "YS-System (Yota Sistem) telekommunikatsiya shirkati wi-fi xizmatini taklif qilmoqda.

"Yozda so‘rov tashkil qildik. So‘rovda qatnashganlar qabristonda internet xizmati yo‘qligidan shikoyat qilishdi", deydi shirkat rahbari Yevgeniy Abramov Klerk.ru websahifasiga gapirarkan.

"Mazkur o‘ta nozik loyihani o‘tganlar ruhiga imkon qadar hurmat ko‘rsatgan holda tadbiq qilish haqida o‘ylarkanmiz, javobning o‘zi o‘rtaga chiqib qoldi".

Novodeviche qabristoni Moskvadagi eng mashhur va eng ko‘p ziyorat qilinadigan joy hisoblanadi. U yerda dafn qilingan mashhurlar orasida Anton Chexov, sobiq Sho‘ro rahbari Nikita Xrushchyov va Rossiyaning marhum prezidenti Boris Yeltsinlar bor.

2015 yil fevralida suiqasd amalidan olamdan o‘tgan taniqli muxolif siyosatchi Boris Nemtsov Troyekurovskoye qabristoniga qo‘yildi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq