Frantsuz o‘qituvchi hujumni "to‘qib chiqargan"

Frantsiyalik o‘qituvchi o‘zining IShID tarafdori tomonidan hujumga uchraganini to‘qib chiqargan, deyishmoqda prokurorlar.

O‘qituvchi Parijning chetidagi Abervile tumanidagi boshlang‘ich maktab sinfxonasida yakka ishlayotganida pichoqlanganini da‘vo qilgandi.

Mahalliy prokuror idorasining bildirishicha, o‘qituvchi yolg‘on gapirgan va hozirda nima uchun bu kabi hodisani to‘qib chiqargani borasida so‘roq qilinmoqda.

Frantsiya 13 noyabrda 130 kishini nobud qilgan terrorchi hujumlar ortidan o‘ta hushyor tortgan.

45 yoshli o‘qituvchi dushanba kuni ertalab yuz bergan hodisa ortidan badanining bir tomoni va bo‘yniga yetkazilgan jarohatlar uchun kasalxonada tibbiy muolaja olgan.

Uning da‘vo qilishicha, bir kishi: "Bu Dayesh (Islomiy Davlat). Bu ogohlantirish", - deya qichqirgan va so‘ngra qochib qolgan.

Parij prokurori idorasining aksil-terror bo‘limi terror amaliga bog‘liq qotillik harakati bo‘yicha tergov ochgandi.

Islomiy Davlatning frantsuz tilidagi Dar-al-Islom jurnali yaqinda Frantsiyadagi o‘qituvchilarni dunyoviylikni o‘qitganlari uchun "Ollohning dushmanlari" deya tavsirlagan va o‘z tarafdorlarini ularni o‘ldirishga chaqirgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio