Islomiy davlatlar aksil terror ittifoq tuzishdi

Image copyright Getty
Image caption Shahzoda Salmon

Saudiya Arabistoniga ko‘ra, asosan musulmon millatlardan tashkil topgan 34 davlat terrorchilikka qarshi kurash uchun harbiy ittifoq tuzishgan.

Qo‘shma amaliyotlarning markazi Saudiya poytaxti Riyodda joylashadi.

Osiyo, Afrika va Arab dunyosidagi davlatlar ushbu ittifoqqa qo‘shilishgan, ammo Saudiyaning mintaqadagi raqibi Eron a‘zo bo‘lmagan.

Ko‘rfaz davlatlari so‘nggi paytlar o‘zini IShID jangari guruhini jilovlash uchun ko‘proq harakat qilishi kerak degan tanqidlar nishoniga aylangandi.

Saudiya Mudofaa vaziri Muhammad bin Salmonning aytishicha, yangi ittifoq Iroq, Suriya, Liviya, Misr va Afg‘onistondagi ekstremistlarga qarshi harakatlarni muvofiqlashtiradi.

Afg‘oniston, Iroq va Suriya ham bu ittifoqqa qo‘shilishmagan.

Shahzoda Muhammad bin Salmon "Islom dunyosi bu baloga (islomiy ekstremizm)qarshi kurashmog‘i kerak, bu Islom dunyosiga zarar keltirmoqda", deydi.

Image copyright AP
Image caption Yangi ittifoq islomiy ekstremistlarni mavh etmoqchi

"Hozirgi davrda har bir musulmon davlat terrorga qarshi o‘zi kurashmoqda...bu kurashni muvofiqlashtirish juda ham muhim".

Uning aytishicha, yangi ittifoq faqatgina Dayesh yoki IShID jangari guruhga qarshi kurashmaydi.

Shahzoda bu borada boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.

Saudiya xabar agentligiga ko‘ra, yana o‘nta musulmon mamlakat ayni ittifoqqa hayrihohligini izhor qilgan, ular orasida Indoneziya ham bor.

Saudiya Arabistoni IShID guruhiga qarshi AQSh boshchiligidagi ittifoqning ham a‘zosidir.

Shuningdek, Saudiya Yamanda Xusiylarga qarshi harbiy amaliyot olib bormoqda.

Yangi ittifoqqa a‘zo davlatlar:

Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Bangladesh, Benin, Chad, Komoros, Fil Suyagi qirg‘og‘i (Kot Devuar), Jibuti, Misr, Gabon, Gvineya, Iordaniya, Quvayt, Livan, Liviya, Malayziya, Maldiv orollari, Mali, Marokash, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Pokiston, Falastin, Qatar, Senegal, Siyerra Leon, Somaliya, Sudan, Togo, Tunis, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio