Rubl dollarga nisbatan rekord darajada arzonladi

Image copyright Reuters

Rossiya Markaziy banki dollar narxini 16 dekabrga 70,82 rubl deya belgiladi. Bu Rossiyada 1998 yilda o‘tkazilgan denominatsiyadan beri dollarning misli ko‘rilmagan darajada qimmatlashidir.

Bir kun avvalgiga solishtirganda, dollar kursi birdaniga 60 kopeyekka qimmatlagan.

Yevro ham qimmatlab, 16 dekabrda 78,23 rublga ko‘tarildi. Bu avvalgi ko‘rsatkichdan 1,27 rublga ko‘proqdir.

Rubl narxi jahon bo‘ylab neft narxlarining tushib borishi manzarasida pastga sho‘ng‘iyapti.

London birjasida Brent neftining bir barreli 38,67 dollar deya belgilandi.

Seshanba kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov neft narxlari tufayli rubl kursining tushishi Kremlda xavotirlarga sabab bo‘layotganini aytdi.

"Shubhasiz, valyuta narxidagi bu kabi o‘zgarishlar bizni bezovta qilayapti va biz buni juda yaqindan kuzatayapmiz", - dedi Peskov.

O‘tgan haftalarda OPEK tashkiloti neftni qazib chiqarish ko‘lamini qisqartirishdan bosh tortishi manzarasida neft narxlari bir maromda tushishda davom etayapti.

Amerikalik tahlilchilarga ko‘ra, neft narxi 35 dollar atrofida ushlab qolinsa, yil davomida dollar 94 rublgacha qimmatlashi mumkin.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio