"O‘zbekiston Rossiyaga qaram bo‘lmasligi kerak"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiya Markaziy Banki chiqargan raqamlarga ko‘ra, joriy yilning ilk olti oyida Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining vatanga yuboradigan pullari miqdori 54,7%ga qisqarib, 1 milliard 149 million dollarga tushib qolgan.

O‘tgan yilning o‘zida bu miqdor 5 yarim milliarddan ko‘p edi, undan avvalgi yillari esa hatto 7 milliard dollar haqida xabar qilingandi.

Mazkur holat Rossiya rubli qadrining tushib ketishi va maoshlar kamayishi bilan izohlanayapti.

Britaniyada yashovchi siyosiy tahlilchi Farhod Hazratqulovga ko‘ra, bunga salbiy holat deb qaramaslik kerak, chunki bu o‘zbeklarning Rossiyaga qaramligini kamaytiradi.

"Bu O‘zbekiston iqtisodiga katta ta‘sir qilmaydi, chunki O‘zbekiston muhojirlar puliga u qadar ham qaram bo‘lib qolmagan. Biz mehnat muhojirlari orqali Rossiyaga juda bog‘lanib qolayotgandik. Hozir ham O‘zbekistonning eng katta iqtisodiy sherigi Rossiya hisoblanadi. Bu bizni Rossiyaga qaramlikka olib borishi mumkin bo‘lgan salbiy holat", - deydi tahlilchi.

Unga ko‘ra, Rossiyadagi ish o‘rinlariga muqobil ravishda muhojirlarga O‘zbekistonda ish o‘rinlari yaratilishi, xususan ularning qishloq xo‘jaliliga jalb etilishi yo‘lga qo‘yilishi kerak.

Tahlilchi fikrida, o‘zbek mehnat muhojirlarining Turkiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda ish yuritishiga yo‘l ochib berish lozim.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio