"Chelsi" Joze Mourinoning bahridan kechdi

Image copyright PA
Image caption Alvido, "Chelsi"...

Rossiyalik milliarder Roman Abramovichning boyvachcha moviylari aynan Joze Mourino boshchiligi ostida o‘tgan yil Angliya chempionligini qo‘lga kiritishgandi.

Ammo joriy paytda "Chelsi" jamoasi Angliya premerligasida 16 uchrashuvdan 15 ochko jamg‘argan holda 16-o‘rinda bormoqda.

Klub 16 o‘yinidan to‘qqiztasini mag‘lubiyat bilan yakunlagan.

So‘nggi uchrashuvini esa, shu hafta dushanba kuni "Lester Siti"ga 2:1 hisobida boy bergandi.

Jurnalistlarga ko‘ra, ayni vazifaga ispaniyalik Xuande Ramos va Xosep Gvardiola yoki gollandiyalik Gus Xiddink va britaniyalik Brendan Rojerslar tayinlanishi mumkin.

Joze Mourino shu yil avgust oyida moviylar bilan to‘rt yillik yangi shartnoma imzolagandi.

Ammo, shunga qaramay, u "Chelsi" tarixidagi eng muvaffaqiyatli Bosh murabbiy sanaladi.

Joze Mourino moviylarni ikki bor: 2004-2007 va 2013-2015 yilgacha boshqargan.

Bu vaqt mobaynida u moviylar bilan birga uch bor Angliya chempionligi, Liga Kubogi va bir marta Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan.

52 yoshli Joze Mourino jahon futbol olamidagi eng nomdor murabbiylardan ham biri sanaladi.

U "Portu" va "Inter"(Milan) jamoalari bilan Ovro‘po Chempionlar ligasida ham g‘alaba qozongan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq