OI muhojirlar masalasini muhokama etadi

Image copyright Getty
Image caption Angela Merkel qochqinlar masalasida islohotlar tarafdori

Olmoniya doxil qator Ovro‘po mamlakatlari Turkiya bilan birgalikda minglab suriyalik qochqinlarning taqdirini muhokama qilishadi.

Bu ittifoqning 2015 yilgi so‘nggi yig‘inidir.

Tomonlar suriyalik qochqinlarni joylashtirish masalasini Turkiyadagi jamloqlardayoq hal qilish rejasini muhokama etishadi.

Ammo Olmoniya kansleri Angela Merkel bu rejalar tashabbuskori o‘laroq boshqa Ovro‘po davlatlarining muxolif qarashlariga ro‘para kelmoqda.

Bryusselda kechadigan Ovro‘po sammitida ko‘riladigan asosiy masala qochqinlar taqdiri bo‘lsa, ayni mavzuda Ittifoq a‘zolari yakdil mavqeida emaslar.

Suriyadagi urush oqibatida bu yil Ovro‘poga boshpana izlab kelayotgan qochqinlar soni rekord darajaga chiqqan, ayrim davlatlar hatto chegaralarga devor tiklash harakatiga tushishgan.

Shengen vizasi bilan Ovro‘poning aksar davlatlarini bemalol kezish mumkinligi ayni holatda ba‘zi hukumatlarga yoqmaydi.

Endi yangi taqdim qilinayotgan rejaga ko‘ra, Turkiyaning o‘zidayoq Ovro‘po davlatlari ko‘ngilli ravishda qochqinlarga boshpana taklif etishlari mumkin bo‘ladi.

Ayni amal minglab qochqinlarni dengiz osha xatarnok yo‘llar bilan Yunonistonga kelish harakatlarini to‘xtatadi deb umid qilinmoqda.

Ovro‘po Ittifoqi sammitida ko‘riladigan asosiy masalalar:

• Muhojirlik/Qochqinlar – Hozirga qadar olingan qarorlar muhojirlar inqirozini qanchalar bartaraf etmoqda?

• Terrorizm – Parij hujumlaridan keyin chegara nazorati va o‘zaro axborot almashish

• Buyuk Britaniyada referendum – Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron o‘z mamlakati Ovro‘po Ittifoqidan chiqish yoki qolish masalasida referendum oldi bir necha islohotlarni taklif qilmoqda

• Yagona bozor – Qit‘adagi yagona bozorni yana ham taraqqiy toptirish yo‘llari

• Iqtisodiy va moliyaviy ittifoq –Yunonistonning yevrohududdagi inqirozi manzarasida yangi takliflarni ko‘rib chiqish

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio