Tereza ona - rasman masih va avliyo

Image copyright AFP
Image caption Katoliklarga ko‘ra, Tereza Ona haqiga duo qilganlar gunohdan ham, darddan ham qutuladilar

Tereza Ona hayotligida "ko‘rsatgan" ikkinchi mo‘‘jizasi - miya o‘smasini davolash bo‘lgan, deb aytilmoqda.

Vatikanning ishonishicha, 2008 yili miyasida bir necha o‘smasi bo‘lgan braziliyalik erkak Tereza Ona sharofati bilan "ko‘rmagandek" bo‘lib tuzalib ketgan.

Katoliklar papasi Frantsisk endi Tereza onani bemalol kelasi yili e‘lon qilinadigan avliyolar ro‘yxatiga kirita olishini aytmoqda.

Ko‘p yillar Hindistondagi kambag‘allarga yordam bergan Tereza Ona 1997 yili vafot etgandi.

Biroq 2003 yili katolik cherkovi uni muqaddas, deb e‘lon qiladi.

Bu - katoliklar nazarida marhumaning jannatga kirishini kafolatlaydi va u uchun duo qilgan har bir kishining gunoh yo dardlardan qutulishi yo‘lida marhuma narigi dunyodan turib ham vositachilik qila oladi.

Ilk "mo‘‘jiza"

Hindistonning Kalkutta shahridagi xayriya ishlari uchun Tereza Ona o‘z vaqtida Nobel mukofoti ham olgandi.

Ammo katoliklar Tereza Onani ilohiylashtirish yo‘lida u tirikligida "amalga oshirgan" mo‘‘jizalirini rasmiylashtirishmoqda.

Masalan, 2003 yili uni muqaddas, deb e‘lon qilisharkan, Hindistondagi "mo‘‘jizasini" bunga asos qilib olishgan.

Vatikan o‘shanda "qandaydir ilohiy kuch yordamida Tereza Ona bir hindistonlik ayolning qornidagi o‘smasini davolaganini" ta‘kidlagandi.

Biroq hindistonlik ko‘plab olimlar bu "mo‘‘jiza"ni savol ostiga olishgan.

Tereza Onaning ikkinchi mo‘‘jizasi bo‘lmish braziliyalik erkak haqida esa ma‘lumotlar ko‘p emas.

Uning shaxsi e‘lon qilingani yo‘q. Faqatgina bu bemor qatnagan cherkov rohibi Terea Onadan yordam so‘rab qilgan duolari ijobat bo‘lgani va boyoqish kasal miyasidagi o‘smalardan forig‘ bo‘lgani aytilmoqda.

1910 yili Makedoniyada tug‘ilgan Agnes ismli qizcha ulg‘ayib, "Xayriya Missionerlari" guruhini tuzadi va Hindistondagi Kalkutta shahrida qashshoqlarga yordam bera boshlaydi.

Shu asno u Tereza Ona nomini oladi.

Biroq ko‘pchilik rohibaning mo‘‘jiza ko‘rsatish qobiliyatini savol ostiga oladi.

Tanqidchilariga ko‘ra esa, Tereza Ona diktatorlar bilan ishlagan va katolik aqidaparastligini kuchaytirishga hissa qo‘shgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq