FIFA: Zep Blatter va Mishel Platini futboldan chetlashtirildi

Image copyright AFP
Image caption Platini va Blatter sakkiz yil futbolga yaqinlashmaydi

FIFA prezidenti Zep Blatter va UEFA rahbari Mishel Platini barcha futbolga aloqador faoliyatdan sakkiz yilga chetlashtirildi.

Ikkala rahbar ustidan intizom tergovi o‘tkazilgandi.

Ikkovlon 2011 yil Platiniga 2 million dollar "o‘g‘rincha to‘lov" berilishiga doir qonunbuzarlikda aybdor deb topilgan.

Platini va Blatter qonunbuzarlik haqidagi ayblovlarni rad etishadi.

Ularga o‘rnatilgan taqiq kuchga kirgan.

FIFA rahbari Blatter 79 yoshda va 1998 yildan beri ayni lavozimda ishlaydi.

U kelasi yil fevral oyida prezidentlik saylovi vaqti iste‘fo berishini aytgandi.

Platini 60 yoshda va muqaddam u Blatterning o‘rniga keladigan nomzod sifatida ko‘rilgandi.

U 2007 yildan beri UEFAni boshqarib kelayotgandi.

Ikkala rahbar ham jarimaga tortilgan.

Blatter 40 ming dollar, Platini esa 80 ming dollar to‘lashi kerak.

Blatter va Platini intizomga xilof ravishda "o‘g‘rincha to‘lov"larni qabul qilishda aybdor deb topilishdi.

Ikkovlon bu to‘lovlar noqonuniy bo‘lmaganini aytishgan.

1998 yildan 2002 yilga qadar Platini Blatterning texnik masalalarda maslahatchisi bo‘lib ishlagan.

Bu to‘lovlar Platini bilan shartnomada ko‘rsatilmagan, ammo ikkovlon ular o‘rtasida og‘zaki kelishuv bo‘lganini aytishgan.

Og‘zaki kelishuv esa Shvetsariya qonunlariga zid emas.

Ularga qo‘yilgan ayblovlar qatorida yolg‘on hisobot berish va hamkorlikdan bo‘yin tovlash ham bor.

Tergov 50 varaqdan ko‘proq qog‘ozda jam bo‘lgani aytiladi.

FIFAga kim rahbar bo‘ladi?

Prezident saylovi 26 fevralga belgilangandir.

Nomzodlar:

• Osiyo futboli rahbari Bahrayndan Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa

• Janubiy Afrikalik siyosat arbobi va biznesmen Tokio Seksveyl

• FIFAning sobiq prezident o‘rinbosari Iordaniya shahzodasi Ali bin Husayn

• UEFA Bosh kotibi Jianni Infantino

• FIFAning sobiq Bosh kotibi yordamchisi Jerom Shampeyn

Bundan uch yil avval orqama keyin Blatter va Platini O‘zbekistonga safar qilgan edi.

FIFA Prezidenti Zepp Blatter O‘zbekiston rahbari bilan uchrashuvi ortidan Islom Karimovdek futbolsevar davlat rahbarini ko‘rmaganligini aytgan edi.

"Islom Karimovdek futbolni sevadigan, uning kabi futbolni zamonaviy tendentsiya va tahlil asosida biladigan davlat rahbarini ko‘rmaganman. U haqiqiy futbolsevar va aytishim kerakki, milliy futbol rivojini o‘ylaydigan inson", deb aytgandi FIFA rahbari.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq