Afg‘on politsiyasi Tolibonning Sangin qamalida qolayotir

Tolibon hujumlari ostida qolayotgan afg‘on qo‘shinlari Helmand viloyatidagi Sangin shahri politsiya qarorgohini saqlab qolishga qiynalishmoqda, deydi mamlakat rasmiylari.

Shaharni hozirda kim boshqarayotgani borasida qarama-qarshi xabarlar olinmoqda.

Helmand hokimi va politsiya Tolibonning shaharni boshqarayotgani haqidagi da‘volarini "mutlaq yolg‘on" deya rad etishdi.

Sangin politsiya qarorgohida qolayotgan politsiyachilar va askarlar seshanba tongda ham aftidan o‘z mavqelarini saqlab turishgandi.

Shahar politsiya qo‘mondoni Muhammad Dovud BBCga Tolibon bu idorani qamal qilib olgani, hamda undagi oziq-ovqat va o‘q-dori zahiralari oz qolganini xabar qildi.

Sangin bir necha bor Tolibon nazoratiga o‘tib qolgan, janglar esa afg‘on va xalqaro qo‘shinlar orasida ko‘p talafotlarga sabab bo‘ldi.

Sharqda Tolibonning Bagrom yaqinida dushanba kuni amalga oshirgan hujumi olti AQSh askarini o‘ldirgan. Bu joriy yil Afg‘onistondagi xorijiy kuchlarga qarshi qilingan eng halokatli hamlalardan biri bo‘ldi.

Image copyright AFP

Dushanba kuni Kobulga uchta raketa kelib tushgan.

Mamlakatda afg‘on xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 12 ming nafarcha NATO askarlari joylashtirilgan.

Britaniya Helmand viloyatidagi Shorabak bazasiga kichik sonli britan harbiylari maslahatchi sifatida safarbar qilinganlarini bildirdi.

BBC ishonishicha, bu harbiylarning soni 10 atrofida.

Sangin bir vaqtlar Afg‘onistondagi xalqaro qo‘shinlar amaliyotlarining markazi edi.

Agar shaharni egallasa, Tolibon shimoliy Helmand bo‘ylab erkin harakat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi va afg‘on qo‘shinlarining Lashkar Gohga qadar zahiralar yo‘lini to‘sib qo‘yadi.

Sangin afyun ishlab chiqarish sanoatining yuragi bo‘lib, uning egallasa, Tolibonning giyohvand moddalar savdosidan daromadi keskin oshishi mumkin.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio