Jonni Depp eng qimmat aktyor bo‘ldi

Image copyright Getty
Image caption "Egaridan tushovi qimmat" aktyormi?

Forbes jurnaliga ko‘ra, Jonni Depp 2015 yilda eng ko‘p pul to‘lanadigan aktyor bo‘ldi.

Jurnalga ko‘ra, bu bir qadar "egaridan tushovi qimmatga tushdi" qabilidagi to‘lovlardir.

Ayni ro‘yxatga iyun oyiga qadar ekranlarga chiqarilgan uch filmda bosh rollarni o‘ynagan aktyorlar nomi kiritildi.

Deppga sarmoyadorlar to‘lagan har bir dollar uchun 1,2 dollar foyda olishgan.

Depp o‘ynagan "Mordekay" komediyasi ijaraga chiqishi bilan savdosi barbod bo‘ldi.

Filmni ishlash uchun 60 million dollar sarflangan bo‘lsa, undan kelgan foyda 47,4 million edi, xolos.

2014 suratga olingan ilmiy-sarguzasht "Oliyjanoblik" filmi esa sarflangan mablag‘ni bazo‘r oqladi.

Ikkinchi o‘rinda esa Denzel Vashington, unga sarflangan har bir dollar uchun sarmoyadorlar 6,5 dollar foyda olishgan.

2009 va 2010 yillarda ayni ro‘yxatda birinchi bo‘lgan Uill Ferrell esa bu gal sarmoyadorlarga bir dollar uchun 6,8 dollardan foyda keltirgan.

U "Teleboshlovchi 2" va "Adolatli saylov uchun chirkin kampaniya" nomli filmlarda suratga tushgan.

"O‘g‘irlangan 3" filmi qahramoni Liam Niison esa to‘rtinchi o‘rinda.

Bu film yaratilishi uchun 50 million dollar sarflangan, foyda esa 70 milliondan oshib ketgan.

Foydasi eng oz bo‘lgan, ammo eng ko‘p haq olgan aktyorlar ro‘yxati(Har bir sarflangan dollardan olingan foyda)

1. Jonni Depp – $1,20

2. Denzel Vashington - $6,50

3. Uill Ferrell - $6,80

4. Liam Niison - $7,80

5. Uill Smit - $8,60

6. Kristian Beyl - $9,20

7. Chenning Teytum - $10,80

8. Bred Pitt - $12

9. Ben Afflek - $12,30

10. Tom Kruz - $13,60

2015 yilning eng ko‘p foyda keltirgan aktyorlari(Har bir sarflangan dollardan olingan foyda)

1. Kris Evans - $181,80

2. Mila Kunis - $87,30

3. Skarlett Yoxansson - $84,90

4. Gvinet Peltrou - $82,90

5. Emma Stoun - $54

6.Kris Xemsvort - $42,10

7. Vin Dizel - $ 40,30

8. Jennifer Lourens – 39,10

9. Mark Uolberg - $37,90

10. Dueyn Jonson - $ 28,10

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio