O‘zbekiston mehnat muhojiri og‘irini yengil qilmoqchimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekiston va Rossiya mehnat muhojirligiga oid shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hukumatlararo kelishuv loyihasini ishlab chiqqan va Rossiya tomoniga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

Kelishuv o‘zbekistonliklarni ijtimoiy, huquqiy va boshqa kafolatlar bilan Rossiyada ishga yollashni tashkillashtirishni ko‘zda tutadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiyada 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi mehnat qiladi. Norasmiy ma‘lumotlarda esa, ularning soni rasmiy raqamlardan anchayin ko‘pligi aytiladi.

Shunday ekan, Rossiyani o‘zbekistonlik ish izlovchilar bosh uradigan eng asosiy manzil deyish mumkin.

Ammo, yillarki, aksariyat markaziy osiyolik, xususan, o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari haqlari toptalishi, ular ijtimoiy va huquqiy himoyadan mahrum ekanlari haqida bong uriladi.

Shunday ekan, kutilayotgan shartnoma mavjud muammoga yechim bo‘la oladimi?

O‘zbekistondan tahlilchi Anvar Husayinovga ko‘ra, agar "kelishuv shartlari BMT tashkilotining xorijda ishlovchi muhojirlar va ularning oilalari haqlarini himoya qilishga qaratilgan konventsiyasi asosida" yozib chiqilgan bo‘lsa, bunga umid qilish mumkin.

"Haqiqatdan bizning Rossiyadagi mehnat muhojirlarimizning huquqlari yerga urilgan. Bor-yo‘g‘i uch oygina vizasiz kirish huquqiga ega. Uch oydan keyin Rossiyadan bir marta chiqib kirishi kerak. Bir yillik mehnat patentlarini olish ham ancha murakkablashtirilgan... Bu masalalarning hammasini Rossiyadagi ish beruvchi bo‘yniga olsa va bu qandaydir hujjatlar bilan mustahkamlansa, yaxshi bo‘lardi", deydi tahlilchi.

Ayni paytda 2015 yilning oktyabrida O‘zbekistondagi ishsizlik darajasi rasman 5.1 foiz deya qayd qilingan.

Mamlakatdan tashqarida 18.2 million ishchi kuchi mavjudligi, 13.7 million kishi iqtisodiy jihatdan faol ekani aytiladi.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oyi o‘rtasida 700 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgani rasman bayon qilinsa-da, non topish ilinjida Rossiya, Qozog‘iston kabi tashqi davlatlarga ketayotgan o‘zbekistonliklar soni keskin kamaygani haqida gapirilmaydi.

Ammo, Rossiyadan O‘zbekistonga ham pul o‘tkazmalari qariyb yarmiga kamaygan.

Rossiya Markaziy Banki kuni-kecha e‘lon qilgan so‘nggi raqamlarga ko‘ra, joriy yilning ilk olti oyida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining vatanga yuboradigan pullari miqdori 54,7%ga qisqargan va 1 milliard 149 million dollarga tushib qolgan.

Mazkur holat Rossiya rubli qadrining tushib ketishi va maoshlar kamayishi bilan izohlanayapti.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq