Jalolobodda ikki o‘zbekistonlik ushlangan

Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, mamlakat janubidagi Jalolobod shahrida olti shaxs hibsga olingan.

Hibsga olinganlarning biri jalolobodlik, uch nafari O‘sh viloyatining Qorasuvidan, ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani xabar qilinmoqda.

Qirg‘iz militsiyasi tergov manfaati bilan deya ushbu hodisa haqida hozircha ko‘p ma‘lumot bermaslikka qaror qilgan.

Biroq qo‘lga olingan qurolli guruh "diniy ekstremistik, terrorchi guruh"ga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxmin bildirilgan.

Jalolobod shahridagi ko‘p qavatli bino xonadonlaridan biriga reyd O‘sh va Jalolobod militsiyalarining qo‘shma maxsus amaliyoti bo‘lgan.

Hibs chog‘ida ikki to‘pponcha, bu to‘pponchalarning ko‘p sondagi o‘qlari, niqoblar, ekstremitistik mazmundagi materiallar topilgani xabar qilingan.

Qo‘lga olinganlar Qorasuv tumanidagi qotillik bo‘yicha tergov qilinayotganlari haqida aytgan O‘sh viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati so‘zchisi Jenish Ashirbayev.

22 dekabr tunida Qorasuv tumanidagi Qashqar qishlog‘ida bir shaxs o‘qotar qurollardan otib o‘ldirilgan.

Jinoyatchilar hodisa joyidan noma‘lum avtomobilda qochib ketganlari xabar qilingan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq