Sanginda o‘nlab Tolibon jangarilari o‘ldirilgan

Image copyright AP

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, Sangin tumanidagi janglarda Tolibon qo‘mondoni Mullo Nosir va 50 jangari o‘ldirilgan.

23 dekabr kuni Tolibon harakati butun Sangin tumani ustidan nazoratni qo‘lga olganini e‘lon qilgandi.

Afg‘oniston janubidagi Helmand viloyatidagi Sangin tumanida janglar, ayniqsa, so‘nggi to‘rt kunda kuchaygan, tinch aholi yashash joylarini tashlab chiqishga majbur bo‘ldilar.

Hududga Afg‘oniston Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qo‘shimcha kuchlari tashlangan.

Afg‘on hukumat kuchlariga AQSh tikucharlari yordamga borgan.

Rasmiylarga ko‘ra, chorshanba tunida boshlangan qayta hujumlar natijasida Sangin tuman markazidagi asosiy binolar Tolibon qo‘lidan tortib olingan.

"O‘tgan tunda qo‘shimcha kuchlar yetib keldi. Ular qurol-yarog‘ va oziq-ovqat bilan ta‘minlashdi va qayta hujum boshlandi", deb aytgan Helmand viloyatilik senator Hoshim Alokozay.

"Ular tumanni, politsiya qarorgohini qayta qo‘lga oldilar, yaradorlar evakuatsiya qilindi. Umid qilamizki, ular yanada olg‘a harakat qilishadi", deb aytgan senator.

Ichki ishlar vazirligi Sangin uchun janglarda halok bo‘lgan Tolibon qo‘mondonini Mullo Nosir deb e‘lon qilgan.

Mullo Nosir Tolibon harakatining yangi rahbari Mullo Axtar Mansurga sodiq qo‘mondonlardan bo‘lgan.

Afg‘on rasmiylari Tolibon butun tumanni o‘z nazoratiga kiritgani xabarlarini rad etganlar.

Muxbirlarning xabar qilishicha, Afg‘on rasmiylari bir-biriga zid xabar berganlari bois tuman Tolibon qo‘liga to‘la o‘tgan-o‘tmagani noma‘lum qolgan.

Helmand viloyati Pokistonga chegaradosh viloyat bo‘lib, bu viloyatda Tolibon hozirligi doim kuchli bo‘lib kelgan.

Sangin esa ko‘knor eng yetishtiriladigan tuman bo‘lib kelgan.

Sangindagi so‘nggi qurolli to‘qnashuvlar mobaynida Britaniya harbiylari ham Afg‘on rasmiylariga maslahat berish maqsadida safarbar etilganlari xabar qilingan.

Afg‘onistonga yuborilgan Britaniya qo‘shinlari Helmand viloyatida joylashtirilgan, shu davr mobaynida Britan qo‘shinlari bergan talofotning chorak qismi Sangin tumanida bo‘lgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq