Qazidan kulgan shotland chiqarib yuboradi

Image copyright none
Image caption Maykl Makfit qazini otning olati, deb ta'riflagandi.

Maykl Makfit kecha yakshanba kuni Bishkekda hibsga olingandi.

Qirg‘iz milliy taomi bo‘lmish "chuchuk" qazisini otning olatiga qiyoslab, hazil qilgan shotland shaxtyori endi Qirg‘izistondan chiqarib yuboriladi.

Maykl Makfit Qirg‘izistondagi oltin konida ishlagan.

U yangi yil arafasida o‘z Feysbuk sahifasida qirg‘iz qazisi rasmini otning olatiga o‘xshatib, hazil qiladi.

"Qirg‘izlar otning olatidan qilingan tansiq taom uchun tashqarida navbatda turishibdi" - deya hamkasblari aks etgan surat ostida izoh qoldiradi.

Ammo oradan ikki kun o‘tib, Feysbukdagi izohni ham, suratni ham o‘chirib tashlaydi va uzr so‘raydi.

Shunga qaramay, Qirg‘iziston kuch tizimlari uni kecha yakshanba kuni Bishkek yaqinidagi "Manas" xalqaro ko‘nalg‘asida hibsga olishadi.

Muammo hujjatida...

Qirg‘iziston rasmiylariga ko‘ra, Maykl Makfit ijtimoiy tarmoqdagi hazili uchun emas, balki hujjatlari noto‘g‘ri bo‘lgani uchun Qirg‘izistondan chiqarib yuboriladi.

Qolaversa, Qorako‘l shahar mahkamasining xulosa qilishicha, u o‘z izohida "milliy nizo qo‘zg‘atmagan".

Ammo chet ellik shaxtyorning qirg‘iz hamkasblari qazi haqidagi hazildan g‘azablanib, u Qirg‘iz xalqi an‘analarini hurmat qilishi kerak edi, deyishgan.

Ular, shuningdek, Maykl Makfit ishlaydigan oltin koni boshqaruvi ham uzr so‘rasin, deb talab qilganlar.

Agar milliy va irqiy nizo qo‘zg‘ashga oid iddaolar tasdiqlansa, Maykl Makfit besh yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin edi.

Janob Makfit ishlaydigan "Qumtor" koni Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin konidir.

Qirg‘iziston chetga sotadigan mahsulotlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i aynan "Qumtor" hissasiga to‘g‘ri keladi.

Konni Kanadaning Centerra Gold shirkati yuritadi.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:

+44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -

https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq