Bellingcat: Malayziya uchog‘ini urib tushirgan "Buk"ka guvohlar bor

Image copyright Getty

Gollandiya prokuraturasi jurnalistik tadqiqot guruhi Bellingcat tomonidan taqdim etilgan hisobotni o‘rganib chiqmoqda. Unda Ukraina osmonida urib tushirilgan Malayziya yo‘lovchi uchog‘iga aloqador bo‘lgan 20 nafarga yaqin rossiyalik harbiyning ismi borligi aytilgan.

Bellingcat taxminicha, "Boing" uchog‘ini urib tushirgan "Buk" uskunasi 53-zenit raketa brigadasiga tegishli bo‘lgan va Donetsk viloyatiga maxfiy ravishda keltirilgan.

Gollandiya telekanallaridan biridagi suhbatda guruh rahbari Eliot Xigginsning aytishicha, hisobotda ushbu brigada rahbari, yana qator zobit va askarlarning ismlari keltirilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi hozircha ushbu hisobotga munosabat bildirmadi.

Xigginsning ta‘kidlashicha, hisobotda ismi keltirilganlar MH17 uchog‘ini urib tushirgan "Buk"ning harakatidan voqif bo‘lganlar.

"Ismlari keltirilgan 20 kishi "Buk"ning harakati haqida buyruq bergan hamda buyruqni qabul qilib olgan zobit va askarlardir.

Ular raketa uskunasi aslida qayerda bo‘lgani va nimalar qilganini bilishlari ehtimolga juda yaqin", - dedi Eliot Xiggins.

Guruh ushbu zobit va askaarlarning ismlarini hozircha ommaga oshkor etmayapti.

Image copyright AFP
Image caption "Buk" uskunasidan raketani kim otgani hanuz aniqlanmagan

Bellingcat ekspert-tadqiqot guruhi ommaga ma‘lum axborotlar, video va fotosurtalar asosida tadqiqot olib borib, ularni Internet foydalanuvchilari uchun chop qilib keladi.

Ular, shuningdek, fotosuratlardagi narsalarning mavqeini solishtirgan holda geolokatsiya uslubi bilan aniq yerni hisoblashga harakat qiladilar.

Guruh tadqiqotlari natijalaridan ko‘plab mutaxassislar va matbuot nashrlari iqtibos keltiradilar. Lekin ular ekspertlar tanqidiga ham tutilgan.

BBC Bellingcat xulosalarini tasdiqlash yoki tekshirish imkoniga ega emas.

2015 yil oktyabr oyida Gollandiya Xavfsizlik Kengashi Malaysia Airlines shirkatiga tegishli MH17 uchog‘ining urib tushirilgani borasida o‘z xulosalarini e‘lon qilgandi.

Unda uchoq "Buk" raketasining portlashi oqibatida halokatga uchragi aytilgan.

Lekin raketa kim tomonidan otilgani aniqlanmagan. Faqat raketa otilgani aytilgan 320 kvadrat kilometr hudud ko‘rsatilgan.

Bellingcat ma‘lumotiga ko‘ra, bu hududda "Buk" raketasi otilgan Snejnoye qishlog‘i joylashgan.

Lekin "Buk" raketasini ishlab chiqaruvchi "Almaz-Antey" shirkatiga binoan, raketa Zoroshenskoye qishlog‘i yaqinidan otilgan.

Falokat ro‘y bergan vaqtda Snejnoye qishlog‘i rossiyaparast kuchlar qo‘lida, Zaroshenskoye esa Ukraina kuchlari nazorati ostida bo‘lgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq