Britaniyada o‘zbekning o‘limi tergov qilinmoqda

Britaniyaning Reding shahrida o‘zbekistonlik shaxsning o‘ligi topilishi ortidan politsiya qotillik tergovini ochgan.

Navoiy viloyatidan bo‘lgan 36 yoshli Bobur Esonov 27 dekabr tongida Redingda yashayotgan uyida o‘lik holda topilgan.

Uning o‘limi avvaliga sababsiz deya ko‘rilgandi, ammo sud tibbiy ekspertizasi xulosasi ortidan qotillik tergovi ochildi.

Politsiyaning aytishicha, o‘lim sabablarini aniqlash uchun yana tekshiruvlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

BBCga ma‘lum bo‘lishicha, Bobur Esonov bilan bir uyda yashagan 24 yoshli o‘zbekistonlik kishi hozirda politsiya tomonidan qidirilmoqda.

Bobur Esonov Reding shahridagi kafelardan birida ishlab kelgan.

Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, u O‘zbekiston hukumatining "Umid" jamg‘armasi orqali Britaniyaning Reding Universitetida moliya va bank mutaxassisligi bo‘yicha ta‘lim olgan.

O‘zbekistonda uning rafiqasi va bir qizchasi qolgan. Ota-onasi bir necha yil avval vafot etganlar.

Manbaning ma‘lum qilishicha, Esonovning o‘limi ortidan politsiya Redingda yashab kelayotgan o‘nlab o‘zbekistonliklarni qo‘lga olgan.

Ularning bir guruhi vizalari muddati o‘tib ketgani tufayli O‘zbekistonga chorshanba kuni deportatsiya qilinishlari kutilayapti.

Politsiya mahalliy aholi orasida Bob deya tanilgan Bobur Esonovning O‘zbekistondagi oilasi unga nima bo‘lganini bilishni juda istayotgani aytdi, hamda har qanday ma‘lumotga ega bo‘lgan kishilarning politsiyaga murojaat qilishlarini so‘radi.

Mahalliy huquq-tartibot idoralari bu o‘lim "yakka hodisa" ekanini aytib, mahalliy aholini bezovta bo‘lmaslikka chaqirdi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio