Muhojirlar Turkiya qirg‘oqlarida cho‘kib ketishdi

Image copyright AP

Gretsiyaga o‘tib olishga uringan qochqinlarning 17 jasadi Turkiya qirg‘oqlaridan topildi.

Ularning kemasi Lesbos oroliga yo‘l olganda cho‘kib ketgani ishoniladi.

Jasadlarning bir nechasi bolalarniki bo‘lib, ular bir-biridan 50 chaqirimcha masofada joylashgan Ayvalik va Dikilli shaharlari qirg‘oqlarida topilgan.

O‘tgan yilning o‘zida bir milliondan ortiq muhojirlar O‘rta yer dengizini kechib Ovro‘poga o‘tganlar.

BMTga ko‘ra, 3771 odam bedarak yo‘qolgan deya qayd qilingan.

Seshanba tongida Egey dengizida to‘lqinlar juda baland bo‘lgan, rasmiylarga ko‘ra, Lesbosga yetib olishga uringan muhojirlar rezina kemalar bo‘lishgan.

Dog‘an xabar agentligi yozishicha, qutqaruvchilar Ayvalikda sakkiz kishini dengizdan tirik chiqarib olishga muvaffaq bo‘lganlar.

Mahalliy aholi Ayvalik yonida cho‘kkan kema toshlarga urilib ketganini aytishmoqda. "Odamlar toshlardan yiroqroqqa suzishga harakat qilishganda cho‘kib ketishdi, shekilli", - dedi bir mahalliy kishi.

Xavfsizlik kuchlari suvdan jasadlarni olib chiqishgan, plyajda esa hali ham egnida qutqaruv kamzulchasi bo‘lgan jasadlar, xususan yosh bolalar yotgani ko‘rinadi.

Ularning millati hali tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, mahalliy hokim Namik Kemal Nazli Hurriyat gazetasiga ular Suriya, Iroq va Jazoirdan kelgan muhojirlar ekanini aytgan.

Qish ob-havosiga qaramay, grek orollariga kundalik ravishda kemalar kelishi davom etayapti. Lesbos Turkiyadan kelayotgan muhojirlar uchun eng asosiy manzildir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio