Saudiya Arabistoni ittifoqchilari Eronga qarshi birlashmoqda

Image copyright AP

Saudiya Arabistoni shia ulamosini qatl qilishi ortidan kelib chiqqan mintaqaviy mojaro manzarasida Quvayt ham Erondagi elchisini ortga chaqirib olishini bildirdi.

Saudiya Arabistoni shia Shayx Nimr al-Nimr va yana 46 kishini qatl qilishi ortidan, shanba kuni Tehrondagi saudiylar elchixonasiga hujum qilingan va o‘t qo‘yib yuborilgandi.

Bunga javoban Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bahrayn va Sudan ham saudiylar yo‘lini tutib, Tehron bilan aloqalarni uzdilar.

Bahrayn Tehronni o‘zida hukmron sunniy tizimga muxolif bo‘lgan baxraynlik shialarni qo‘llab-quvvatlashda ayblaydi.

Birlashgan Arab Amirliklari Tehrondan o‘z elchisini chaqirib olganlar, ammo Eron bilan diplomatik aloqalarni butkul uzmaganlar.

Yaman va Misr ham Saudiya Arabistoniga o‘z qo‘llab-quvvatlovini izhor qilishdi.

AQSh, BMT va Turkiya barcha tomonlarni bosiqlikka chaqirayaptilar.

Sunniy Saudiy Arabistoni va shia Eron Yaqin Sharqdagi eng yirik raqiblar bo‘lib, Suriya va Yamandagi urushlarda qarama-qarshi taraflarni qo‘llab keladilar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio