Coca Cola ikki o‘t orasida qoldi

Image copyright Coca Cola

AQShning Coca Cola shirkati Rossiya va Ukraina bozorlarida 2016 yilni yirik mojaro bilan boshladi.

Mojaroga sabab Rossiyaning eng ommabop ijtimoiy tarmoq sahifasi "VKontakte" da chop etilgan xaritalardir.

Coca Cola ning yangi yil munosabati bilan VK dagi sahifasida chop etgan ilk tabrigida Rossiya 2014 yil aprelida Ukrainadan tortib olgan Qrim yo‘q edi.

Bu holat Rossiyada salbiy munosabat uyg‘otdi va VK norozilik izhor qilingan sharhlarga to‘lib ketdi.

Buning ortidan Coca Cola dushanba kuni o‘z sahifasida Rossiyaning yangi xaritasini chop etdi.

Yangi xaritada Qrim bilan bir qatorda Rossiya 1945 yilda Yaponiyadan tortib olgan va Tokyo hanuzgacha o‘z hududi deb da‘vo qiladigan Kuril orollari ham o‘rin olgandi.

Faqat bu safar xarita ukrainaliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi va Coca Cola ga boykot chaqiriqlari yangradi.

Bunga javoban shirkat Rossiya xaritasini chop etish tashabbusi mahalliy vakolatxonadan chiqqanini aytdi.

Coca Cola yangi yil tabrigidan xaritani umuman olib tashlashga majbur bo‘ldi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar 2014 yil fevralida sobiq prezident Viktor Yanukovich ommaviy namoyishlar natijasida hokimiyatdan chetlatilishi ortidan yomonlashib ketgan.

Rossiya Ukraina sharqida Kiyevdagi hukumatga qarshi jang qilgan bo‘lginchilarni qo‘llab-quvvatlayotganini rad etib keladi.

Harbiy harakatlarda 9 mingga yaqin inson halok bo‘lgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio