Eron: "Yamandagi elchixonamiz Saudiya tomonidan bombalandi"

Image copyright EPA
Image caption Sano Saudiya Arabistoni boshchilik qilayotgan ittifoqchi kuchlar hujumi ostida

Eron Saudiya Arabistoni boshchiligidagi ittifoqchi kuchlarning harbiy uchoqlari Sanodagi elchixonasini "ataydan" bombalaganini aytgan.

Eron davlat matbuoti Tashqi Ishlar vazirligi voizining so‘zlarini keltirar ekan, elchixona xodimlari orasida yaralanganlar borligi haqida xabar qilgan.

Sanoliklar payshanba kuni o‘nlab havo hujumlari bo‘lganini aytishgan.

Bu hujumlar xusiy isyonkorlariga qarshi qaratilgan.

Reuters axborot agentligi esa sanoliklar havo hujumlari oqibatida elchixonaga biror bir zarar yetganini tasdiqlashmagani haqida xabar bergan.

Ittifoqchi kuchlarning voizi esa hujumlar isyonkorlarning raketa otadigan uskunalari nishonga olingani, jangarilar o‘z amaliyotlarini bo‘shab qolgan elchixonalarning binolaridan o‘tkazayotganini aytgan.

Saudiya Arabistoni shia olimi Nimr Al Nimr qatl qilinganidan keyin Eron bilan qarama-qarshilikka ro‘para bo‘lgan.

Saudiya Eronni xusiylarni dastaklashda ayblaydi.

Eron bu ayblovlarni rad etib keladi.

Sanodagi Eron elchixonasi to‘la ishlayotgan bo‘lganmi yoki yo‘q degan savol ochiq qolmoqda.

Sanodan bugunga qadar bir necha davlat o‘z diplomatik xodimlarini chiqarib olgani ma‘lum.

Eron Tashqi ishlar vazirligi voiziga ko‘ra, elchixonaga hujum oqibatida bir necha qorovullar yaralangan.

Saudiya harbiy mulozimi Eronning ayni da‘volari tekshirilishini bildirgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq