BMT: "Suriya hukumati qamaldagi Madayaga yordam yetkazish uchun ruxsat berdi"

Image caption Ochlik

Suriya hukumati o‘z qo‘shinlari tomonidan iyul oyidan beri qamalda qolayotgan Madaya qishlog‘iga yordam kiritishga rozi bo‘lgan.

Bu haqda BMT mulozimlari ma‘lum qilishgan.

Madayadagi aholi ochlikdan o‘layotgani haqida xabarlar tarqamoqda.

Qishloq prezident Assadga qarshi isyonkorlarning nazorati ostida ekani ma‘lum.

Damashqdagi yordam tashkilotlariga ko‘ra, Madayadagi vaziyat "o‘ta abgor"dir.

Suriyada 4 yarim million aholi chekka va yetib borish mushkul mintaqalarda yashaydi, ammo qamal ostida qolayotgan shaharu qishloqlar soni 15 ta ekani aytiladi.

Bu hududlarda 400 000 aholi istiqomat qiladi.

Madaya Livan chegarasi yaqinida, poytaxt Damashqdan atigi 25 chaqirim shimoliy g‘arbda joylashgan.

Assad qo‘shinlari va uning Livandagi ittifoqchisi Hizbulloh tomonidan Madaya qariyb yetti oydan beri qamalga olingan.

Xabarlarga ko‘ra, qishloq aholisida yegulik qolmagan.

BMT 53 yoshli erkak ochlikdan o‘lgani va uning oilasi ham yegulik yo‘qligidan og‘ir ahvolda ekaniga doir ishonchli xabarlar bor.

Image caption Madayalik bolakay

Save the Children xayriya tashkilotining ogohlantirishicha, "agar tez kunlarda oziq-ovqat, dori-darmon va yonilg‘i yordami yetkazilmasa, Madayada yana ham ko‘proq bolalar qurbon bo‘lishi mumkin".

Mintaqaga so‘nggi bor oktyabr oyida yordam yetkazilgan, ammo qish tushganidan beri vaziyat og‘irlashgan.

Madayada yashaydigan aholi vakillaridan biri Abdul Vahob Ahmad BBC bilan suhbatda "odamlar tuproq yeyishmoqda, o‘t-o‘lanlar, xazonlar ustiga qor tushdi", deb aytgan.

Xabarlarga ko‘ra, qahatchilik misli ko‘rilmagan darajaga chiqqan.

Bir kilo qora unning narxi 250 dollarga yetgan, bolalar uchun quyiltirilgan sut narxi 900 gramm uchun 300 dollarga chiqqan.

Faollarga ko‘ra, Madaya Hizbulloh va Assad kuchlari tomonidan ataydan qattiqroq qamal qilingan.

Bunga sabab Foah va Kefraya isyonkorlar qamali ostida qolayotganidir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq