IShID jangarisi "o‘z onasini o‘ldirdi"

Image caption Raqqadagi IShID

Faollarga ko‘ra, IShID jangarisi o‘z onasini omma oldida qatl qilgan.

Bunga onaizorning o‘g‘lidan IShIDni tark etishni so‘ragani sabab bo‘lgan.

21 yoshli Ali Saqr o‘zining 45 yoshda bo‘lgan onasi Lena Qosimni Raqqada qatl qilgan.

Ayni qatl shohidlari bu haqda xabar qilishgan.

Raqqa IShIDning poytaxti sanaladi va 2013 yilda bu jangari guruh tomonidan bosib olingan.

IShID tanqidga toqat qilmaydi va buning uchun jazoni omma ko‘z o‘ngida amalga oshiradi.

Britaniyada joylashgan Suriya Inson huquqlarini kuzatish hamda Raqqani Sukunatda So‘yishmoqda deb atalgan tashkilotlari bu qatl haqida xabar berishgan.

Lena Qosim xabarlarga ko‘ra, o‘z o‘g‘liga IShIDni Amerika boshchiligidagi harbiy ittifoq "yo‘q qiladi" deb aytgan.

Ona o‘g‘lini o‘zi bilan shaharni tashlab chiqishga undagan.

Shundan so‘ng, o‘g‘il bu haqda IShIDga aytadi.

IShID esa Ali Saqrga onasini o‘ldirish haqida buyruq beradi.

Ali Saqr xabarlarga ko‘ra, onasini pochtadagi ish joyi tashqarisida yuzlab odamlar qarshisida otib tashlagan.

O‘zining shafqatsizligi bilan tanilgan IShID 2014 yilga kelib Suriya va Iroqning kattagina qismini bosib olgan.

O‘shandan beri IShID 2000dan ko‘proq insonni besoqolbozlik va jodugarlik kabi boshqa bir necha ayblovlar bilan qatl qilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq