Akrom Yo‘ldoshev hayotmi?

O‘zbekistonda "Akromiylar" deya taqdim etilgan guruh rahbari sifatida ko‘riluvchi Akrom Yo‘ldoshevning bundan bir necha yil avval qamoqxonda olamdan o‘tgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar bor.

U 1999 yil 17 fevralda terrorizmda ayblanib, qo‘lga olingan va sud hukmi bilan 17 yillik qamoq jazosini o‘tamoqda edi.

Keyinchalik rasmiylar 2005 yil 13 may kuni Andijonda yuz bergan isënni ham Akrom Yo‘ldoshev qamoqdan turib boshqarganini da‘vo qilishgan.

Andijon hodisalari ortidan bo‘lib o‘tgan mahkama jarayonida Akrom Yo‘lodshev video orqali guvohlik berib, aybiga "iqror" ham bo‘lgandi.

Xabarlarda aytilishicha, Akrom Yo‘ldoshev bundan besh yil oldin 47 ëshida qamoqda vafot etgan.

Bu xabarlarni rasmiy manbalardan tasdiqlashning iloji yo‘q.

Huquq faoli va "O‘tyuraklar klubi" tashkiloti rahbari Mo‘tabar Tojiboyevaning BBC bilan suhbatda aytishicha, Akrom Yo‘ldoshevning qamoqqa olinganidan beri qayerda ekanligi va ahvoli haqida ma‘lumot olish imkoni bo‘lmagan.

Mo‘‘tabar Tojiboyeva Yo‘ldoshevning o‘limi haqidagi xabarlarni ham tasdiqlash urinishlari besamar ekanligini aytdi.

Lekin Tojiboyeva o‘z faoliyati davomida mahbuslarning o‘limi haqida yaqinlariga xabar berilmagan va jasadi dafn etish uchun qaytarilmagan holatlar bilan yuzma-yuz kelganligini bildirdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio