Gruziyada "Gazprom"ga qarshi namoyish o‘tkazildi

Gruziya poytaxti Tbilisidagi vazirlar mahkamasi binosi qarshisida hukumatning "Gazprom" kompaniyasi bilan muzokaralariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi.

Musiqiy tomoshalar bilan o‘tgan tadbir ishtirokchilari "Gazprom ketsin" deb yozilgan stikerlarni tarqatishdi, hamda sobiq Bosh vazir Bidzin Ivanishvilining surati tushirilgan plakatlarni ko‘tarib olishgandi.

Amaldagi hukumatning tanqidchilari janob Ivanishvilini Rossiyaning "Gazprom" shirkati manfaatlari uchun kurashishda ayblashadi.

"Gazpromga qaramlikni butun dunyo, butun Ovro‘po o‘z boshidan kechirdi va bu "Gazprom"dan o‘zimizni yiroq tutishimiz kerakligini ko‘rsatdi. Biz esa baribir u tomon og‘ib boryapmiz. Dono odamlar boshqalarning xatosidan o‘rnak oladi, biz esa na boshqalarning, na o‘zimizning xatomizdan xulosa chiqarganmiz", - dedi "Moskvani to‘xtating" deya plakat ko‘tarib olgan namoyishchi Temur Daraxvelidze.

Gruziya energetika vaziri Kaxa Kaladze va Rossiya gaz monopolisti rahbari Aleksey Miller o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgani ayon bo‘lgach, "Gazprom" bilan muzokaralar mavzesi o‘ta qizg‘in bahslar markazida turibdi.

Gruzin muxolifati va ba‘zi mutaxassislar "Gazprom" bilan hamkorlik qilish Gruziyani Rossiyaga yanada qaram qilib qo‘yishi, hamda mamlakatga eng ko‘p gaz sotadigan Ozarbayjon bilan munosabatlarga yomon ta‘sir qilishidan ogohlantirishmoqda.

Hukumat esa bu vasvasa ortida siyosiy kuchlar turganini ortib, Gruziya shundoq ham o‘z gazining bir qismini Rossiyadan sotib olib kelganini aytmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio