Jahon bozorida neft narxi 28 dollarga tushdi

Image copyright Thinkstock

Eronga qarshi joriy etilgan jazo choralari 16 yanvar kuni bekor qilinishi ortidan jahon bozorida neft narxining yanada pasayishi kuzatilgan.

18 yanvar kuni ertalabki savdo boshlanishi bilan Brent neftining 1 barreli bahosi 27,67 dollargacha tushgan.

So‘ng ko‘tarilib 28 dollardan oshgan.

Eron yadroviy qurol yasash ustida ishlayotgani xavotirlar BMT tomonidan bu mamlakatga nisbatan sanktsiyalar joriy etilishiga olib kelgandi.

Hisob-kitoblarga qaraganda, bu jazo choralari oqibatida faqat 2012 yildan keyin va faqat neft eksporti cheklangani bois Eron 160 milliard dollar yo‘qotgan.

Eron o‘zining yadroviy dasturi faqat tinch maqsadda, elektr energiyasi ishlab chiqishni ko‘zlaganini aytib kelgan.

Bu boradagi uzoq muzokaralar natijasida 2015 yil iyulida Eron va dunyoning olti yetakchi mamlakatlari yadroviy dasturini qisqartirish evaziga Eronga nisbatan kiritilgan sanktsiyalarni bekor qilishga kelishga kelishdilar.

Jazo choralari 16 yanvardan bekor qilingani e‘lon qilindi.

Bundan keyin Eron xorijdagi banklarda muzlatilgan 50 milliard dollarga yaqin deb ko‘riladigan mablag‘dan yana qayta foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, kuniga ishlab chiqadigan nefti miqdorini 500 ming barrelga oshirishiga ruxsat etiladi.

Oldinroq Eron rasmiylari jazo choralari bekor qilinsa, neft eksportini ikki baravar oshirib, kuniga 1,1 million ballerga yetkazish niyatida ekanini e‘lon qilgan edilar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq