Leonardo Di Kaprio Putinni o‘ynamoqchi

Image copyright Reuters
Image caption "Putinni o‘ynash juda, juda, juda qiziq bo‘lardi..."

Amerikalik mashhur Leonardo Di Kaprio Rossiya prezidenti Vladimir Putin rolini o‘ynash istagida ekanini aytgan.

Olmon gazeti Welt bilan suhbatda aktyor "Putin rolini ijro etish juda, juda, juda qiziq bo‘lar edi men uchun", deb aytgan.

Leonardo Putin bilan shaxsan tanish ekanini urg‘ulagan.

Mashhur aktyor Putin bilan 2010 yilda Sankt-Peterburgda Sibir yo‘lbarslarini saqlab qolishga doir forumda tanishgan.

Leonardo bu forumda yovvoyi yirtqich hayvonlar himoyasi bilan shug‘ullanadigan o‘z jamg‘armasining vakili o‘laroq ishtirok etgan.

Di Kaprioga ko‘ra, uni Rossiya tarixi doim o‘ziga rom etib kelgan.

U Rossiya tarixi namoyondalari Grigoriy Rasputin va Vladimir Leninning rollarini ham ijro etishga ishtiyoqmand ekanini aytgan.

Aktyorning fikricha, zamonaviy kino san‘ati Rossiyaga yetarlicha e‘tibor qaratayotgani yo‘q.

Leonardo Rossiya tarixi "shekspirona darajada" qiziqarlidir.

Di Kaprio o‘z ijodi davomida o‘ttizga yaqin kino va televizion rollarni ijro etgan.

Aktyorni 5 marta Oskar mukofoti uchun nomzod bo‘lgan, ammo biror marta ham mukofotni qo‘lga kiritmagan.

Oskar mukofotiga The Revenant filmi uchun aktyor nomzodi yana taqdim qilingan.

Putinga mahliyo G‘arb yulduzlari

Image copyright Getty
Image caption Putinga mahliyolardan Pamela Anderson

Pamela Anderson o‘tgan iyul oyi Vladimir Putinga ochiq xat yo‘llab, Rossiya prezidentidan Shimoliy dengizdagi suv yo‘llarida Islandiyadan noyob sanalgan kitning go‘shti ortilgan kemaning kechib o‘tishiga taqiq joriy etishni so‘ragan. Ana shu maktubida Anderson xonim Putinni kechki ziyofatga taklif qilgan edi. Keyinroq uni Vladivostokdagi forumga taklif qilishgandi.

Hayvonlar huquqlarini himoya etuvchi 48 yashar foto model va aktrisa Putin bilan uchrashdimi, yo‘qmi, hamda bu suhbatning tafsilotlari haqida hech qanday xabar berishgani yo‘q.

80 yoshli Brijit Bardoni Pamela Anderson bilan nafaqat sochlarining rangi va aktyorlik o‘tmishi bog‘lab turadi, balki u ham hayvon huquqlarining ashaddiy himoyachisi sanaladi.

Fransa kinosining yulduzi Jerar Depardening ortidan Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza topshirishiga bir bahya qoldi.

Bundan ikki yilcha avval aktrisa agar Parij tsirkdagi ikki fil – Bebi va Nepalni saqlab qolmasa, unda Rossiyaga ketvoraman deb po‘pisa qildi.

Ishqilib, bu fillarga Monako malikasi Stefani boshpana berib, Bardo xonimlari Fransada qoladigan bo‘ldi.

2012 yildan beri Bardo xonim o‘z suhbatlarida Vladimir Putinni "ideal prezident" deb ta‘riflab keladi.

"Men uni yaxshi odam deb bilaman, har gal nimadir so‘rasam, albatta bajaradi. U hayvonlar huquqlari uchun bizning prezidentlardan ham o‘tkazib, juda ko‘p ish qildi", deydi Brijit Bardo.

Brijit Bardo 2011 yilda Putinga murojaat qilar ekan, "mening suyukli Bosh vazirim", deb aytgandi.

Ikki yildan beri Rossiya fuqarosi bo‘lgan Jerar Depardeni hisobga olmasak ham, Putin siyosatini ochiqchasiga yoqlaydigan yulduzlar oz emas.

"O‘tda yonmas, suvda cho‘kmas..."

Image copyright Getty
Image caption Jo‘ralar

Ursur filmlarda hammadan, har qachon g‘olib chiqadigan Stiven Sigal yodingizdami?

Bir paytlar u Bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozinga Rossiya armiyasini "ommabop" qilib beraman deb va‘da bergandi, xullas, bu o‘tda yonmas, suvda cho‘kmas aktyor ham Vladivostokdagi forumga keldi.

Sigal bilan Putin o‘zaro suhbatlashib turishlari ma‘lum bo‘ldi.

Sigalning aytishicha, uning aksariyat hamyurtlari rossiyaliklarni yaxshi ko‘rishar ekan.

Bundan ikki yil avval esa aktyor Degtyarov nomidagi miltiq zavodiga safar qilib, Rossiya qurollarini reklama qilishga tayyorligini aytgandi.

Yozda esa…Stiven Sigal Ukrainaning "qora ro‘yxati"ga tushdi.

Mikki Rurk ham Rossiyani sevishini aytadi.

Moskvaga safari davomida Rossiya rahbarlarini bu aktyor rosa maqtadi.

2011 yilda esa u Sankt-Peterburgda "Orzuyingga ishon" atalmish xayriya kontsertida ishtirok etgandi.

Vladimir Putin ham o‘sha oqshom kuylab bergandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio