"Musulmon ayollar inglizcha o‘rgansin"

Image copyright Getty

Britaniya Bosh vaziri Devid Kamerun 20 million funt sterling bilan mamlakatdagi musulmon ayollarga ingliz tili o‘rgatish ekstremizmga qarshi kurashda ko‘mak berishi haqida gapirgan.

Ayni paytda ekstremizm bilan ingliz tilini yaxshi bilmaslik o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlanmagan. Ammo, Kamerun janoblari fikricha, til darslari jamoalarning ekstremizm vasvasadan asrashga xizmat qiladi.

Ba‘zi musulmonlar Bosh vazir ikki masalani noto‘g‘ri bir shaklda bir-biri bilan qorishtirayotganini aytishgan.

Devid Kamerunga ko‘ra, ingliz tilini yaxshi o‘rganmaslik turmush qurganlik uchun olinadigan vizalarga ham ta‘sir qilishi mumkin.

Hukumatga ko‘ra, Angliyada yashovchi 22% musulmon ayol inglizchada yo yaxshi gapirmaydi yo-da, umuman bu tilni bilmaydi. Hukumat ayni mana shu omil ularning yakkanish bo‘lib qolishlariga yetaklayotganini da‘vo qiladi.

Image copyright AFP

Bosh vazir Kamerun jamiyatdan ajralib yashash xotin-qizlarni sunnat qilish, majburiy turmushga uzatishdek muammolar yashab qolishiga yetaklashi va mavjud holat IShID kabi guruhlar uchun oson o‘ljaga aylanishga ham xizmat qilishini ham aytadi.

Shuningdek, janob Kamerun Britaniyadagi diniy kengashlar, jumladan, Shariat mahkamalari roli ham qayta ko‘rib chiqilishini bildirgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio