Nufuzli o‘zbek delegatsiyasi AQShga safar qilmoqda

Image copyright REUTERS

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirokidagi delegatsiya 19-21 yanvar kunlari Vashingtonda AQSh hukumati bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Tashrif O‘zbekiston-Amerika siyosiy kengashining navbatdagi uchrashuvi deya taqdim etilmoqda, ammo kun tartibiga aynan qanday masalalar kiritilgani ochiqlanmagan.

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh davlat departamenti va boshqa qator vazirliklarda yuqori darajali mulozimlar bilan uchrashadi.

Janob Komilovga O‘zbekiston adliya vaziri Muzraf Ikromov, Senatning Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev, Qonunchilik palatasi a‘zosi Akmal Saidov va boshqa rasmiylar hamrohlik qiladi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o‘tgan noyabr oyida Samarqandda Prezident Islom Karimov bilan uchrashgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio