Bahslashish madaniyati qayerda qoldi?

Yaqinda Toshkentda transvestit va uning mijozlarini qo‘lga olish jarayoni tushirilgan video Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi ortidan qizg‘in bahs-munozaralar yuz berdi.

Mavzuning bir qirrasi militsiya xodimlarining zo‘ravon, noqonunuiy harakatlari bo‘lsa, asosiy jihati noan‘anaviy jinsiy moyillikka ega bo‘lganlarning axloqi borasidagi keskin fikrlar bo‘ldi.

Bu o‘rtada zo‘ravonlikka undovchi ko‘plab fikrlar, bir-birini haqorat va kamsitishlarga to‘la izhorotlar yog‘ildi.

Ana shu manzarada o‘zga fikrdagi inson qarashiga toqatsizlik, bahs odobi masalalari ham o‘rtaga chiqdi.

1980- yillarda o‘zbek matbuotida bahslashish madaniyati, qarama-qarshi nuqtai nazarda bo‘lgan odam bilan qanday muomalada bo‘lish yo‘llari muhokama qilingandi. Ya‘ni, izzat-nafsga tegmasdan, xaqoratlamasdan o‘z mavqeini faktlar va dallilar bilan ifodalash kabi yo‘llar mubohisa etilgandi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, hozirda o‘zbek jamyatida ko‘p mavzularni muhokama qilish norasmiy ravishda "taqiqlangani" bois va ko‘p mavzular "yopiq mavzu" sanalgani uchun, odamlar, ayniqsa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘z nuqtai nazarini faktlar bilan ifodalamasdan, darrov so‘kish, la‘natlash va qarg‘ashlarga o‘tmoqdalar.

Nega ijtimoiy tarmoqlardagi bahslarda madaniyat, bir-biriga va o‘zgalarning nuqtai nazariga hurmat, odob doirasidan tashqariga chiqish kuzatiladi?

www.ziyouz.com Internet loyihasining asoschisi Davronbek Tojialiyevning BBC bilan suhbatda aytishicha, hozirda Ijtimoiy tarmoqlar turli mavzularni bahs etishda deyarli cheklanmagan imkoniyatlarni yaratib, qatnashuvchilar soni ham ulkan.

Bundan tashqari Ijtimoiy tarmoqlar orqali "bog‘langan" shaxslar ham turli intellektual tabaqa va toifalarga mansub va kimning qanday fikr bildirishini yo‘naltirib turish deyarli ilojsiz.

"Ba‘zida hatto bahsga turtki bergan asosiy mavzu chetda qolib, mutlaqo boshqa mavzuga o‘tib ketiladi. Bundan tashqari bahslashuvchilarning millati, dini va boshqa jihatlarini haqoratlash ham uchraydi. Bu bahslashuvchining madaniyati va ilm darajasiga bog‘liq", deydi Davronbek Tojialiyev.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio