O‘zbekiston Tojikistonga yengilliklar bergan

Tojik rasmiylari xabar qilishlaricha, O‘zbekiston o‘z hududidan o‘tadigan Tojikiston poyezdlari uchun 2016 yili qator chegirmalar taqdim etgan.

Tojikiston Transport vazirligiga ko‘ra, yo‘l haqlarining pasaytirilishi yuk va yo‘lovchi poyezdlariga taalluqlidir.

O‘zbekiston va Tojikistonning temir yo‘l shirkatlari tariflarni pasaytirish bo‘yicha kelishuvga 2015 yilning yozida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishganlar, bu o‘zgartirishlarning 2016 yil boshidan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan.

Xabar qilinishicha, Tojikistonga tegishli yuklar ortilgan vagonlar O‘zbekiston hududidan o‘tgani uchun olinadigan haq 10 foiz kamaytiriladi.

Pasaytirilgan tariflar 2016 yil oxirigacha amal qilishi aytilmoqda.

Qoraqalpog‘iston hududidan neft mahsulotlari, alyuminiy va boshqa mahsulotlar ortilgan yuk vagonlariga 15 foizlik chegirmaga rozi bo‘lgan "O‘zbekiston Temir yo‘llari".

Shuningdek, Tojikistonning yo‘lovchi poyezdlari uchun ham 15 foiz kam haq to‘lashga kelishilgan.

"Ikki mamlakat temir yo‘l ma‘muriyatlari o‘rtasida bunday qadam ilk bor kuzatilmoqda", deya qayd etgan Tojikiston naqliyot vazirligi.

Tojikiston temir yo‘llari faqat O‘zbekiston hududi orqali xorijga chiqa oladi.

Sho‘ro zamonida O‘zbekistondan poytaxt Dushanbe va Xatlon yo‘nalishida ikki temir yo‘l tortilgan.

O‘zbekistonning Termiz shahridan sharqqa yo‘l olgan "G‘alaba-Amu-Zang" yo‘nalishida 2011 yil noyabrida portlash ro‘y bergani xabar qilingan, Tojikiston bu yo‘ldan qatnovni amalga oshirolmay qolgan edi.

2015 yil yozidan Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida muloqotlar yo‘lga qo‘yilgani rasmiy Toshkent va Dushanbening aloqalarni yaxshilish istagi sifatida talqin qilingan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq