Ashraf G‘ani: IShIDni yo‘q qilamiz!

Image copyright Getty Images
Image caption "IShIDni ko‘mib tashlaymiz..."

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani IShIDni "ko‘mib tashlash"ga va‘da bergan.

IShID Afg‘onistonda ham hukumat kuchlari va ham Toliblar bilan urushmoqda.

BBC bilan suhbatda prezident G‘ani IShID "Afg‘on fenomeni emasligi" va guruhning "shafqatsiz amallari" afg‘onlarni bezdirganini aytgan.

"Afg‘onlar hozir qasos istashmoqda, ular kimga qo‘l ko‘targanini bilishmaydi", deb aytgan Ashraf G‘ani.

Afg‘oniston rahbari shuningdek, IShIDga qarshi ham mintaqaviy va ham xalqaro darajada kurash olib borishga chaqirgan.

"Biz juda katta xavf bilan ro‘para kelayotganimizni rad etish mumkin emas", deb aytgan hozir Davosdagi Jahon Iqtisodiy forumida ishtirok etayotgan Afg‘oniston prezidenti.

"Mening diplomatik faoliyatimning asosiy qismi mintaqaviy hamkorlikka erishish bilan bog‘liq edi. Mintaqadagi sobiqda kaltabinlik siyosati va o‘zaro raqobat nazarda tutilsa, bu juda anchayin e‘tibor va mehnat talab qiladigan amaldir".

O‘tgan hafta AQSh Davlat departamenti IShIDning Afg‘onistondagi guruhini terrorchi tashkilot deb e‘lon etgan edi.

Image caption IShID Afg‘onistonda

AQShga ko‘ra, ayni guruh asosan sobiq Afg‘on va Pokiston toliblari jangarilaridan tashkil topgan.

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakatdagi jangari guruhlarni jilovlashga qiynalmoqda.

O‘tgan dekabr oyi Toliblar strategik muhim sanalgan Sangin shahrining aksariyat qismigi bosib olgan edi.

Sentyabr oyida esa shimoliy Qunduz shahrini ham muvaqqat ishg‘ol qilishdi.

Ammo Toliblarning IShIDga muxolifligi bu guruhning mintaqadagi ta‘sirini biroz pasaytirdi.

Toliblar IShIDga qarshi 1000 jangari ishtirokida "maxsus kuchlar guruhini" tashkil qilganini oshkor etgan edi.

G‘ani shuningdek, to aprel oyiga qadar Toliblar bilan tinchlik muzokaralari boshlanmasa, bu ziddiyatning ta‘siri butun mintaqaga yoyilishi mumkin.

"Vaqt bizning do‘stimiz emas, hammamiz fevral va mart oylari qanchalar muhim ekanini yaxshi bilamiz".

Afg‘on prezidentiga ko‘ra, Pokiston tinchlik muzokaralariga moyillik ko‘rsatmayotgan Toliblarga qarshi amaliy chora ko‘rishi kerak.

Ovro‘poga kelayotgan Afg‘oniston muhojirlariga biror bir aytadigan gapingiz bormi deb so‘ralganida, prezident G‘ani "Ovro‘poda siz uchun kelajak yo‘q, ular eshiklarini yopishmoqda. Kelajak Afg‘onistondadir", deb javob bergan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq