Ozoda Rahmon prezident ma‘muriyati rahbari

Image copyright httpwww.president.tjnode10589

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon qizi Ozoda Rahmonni prezident ma‘muriyatining rahbari etib tayinlash haqidagi farmonni imzolagan.

Bungacha 38 yoshli Ozoda Rahmon Tojikiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgan edi.

Ozoda besh farzandning onasi va Jorjtaun va Merileyed universitetlarida tahsil olgan.

U 2015 yil dekabrida Tojikistonda millat rahnamosi deb e‘lon qilingan Prezident Imomali Rahmonning 9 farzandidan biridir.

Ozodaning turmush o‘rtog‘i Jamoliddin Nuraliyev Tojikiston Milliy banki raisining o‘rinbosari lavozimini egalagan.

Prezident Rahmonning o‘g‘li Rustam Imomali Tojikiston aksilkorruptsiya idorasining rahbaridir.

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlari orasida eng ko‘p farzandning otasidir.

Markaziy Osiyo davlatlari uchun yuqori lavozimdagi rahbarlarning farzandlari va qarindoshlarini muhim davlat lavozimlariga tayinlash an‘anaga aylanib borayapti.

Bu borada Tojikiston ham istisno emas.

Tojik rasmiylari mamlakatda umumxalq referendumini o‘tkazish niyatida ekanlarini e‘lon qildilar.

Bundan ko‘zlangan maqsad, Prezident Rahmonga umrbod prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini ilgari surish huquqini berish.

Bundan tashqari, Tojikiston konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yadigan shaxslar uchun belgilangan yoshni 35 dan 30 yoshga tushirish ham mo‘ljallanmoqda.

Kuzatuvchilarning ishonishlaricha, ushbu o‘zgarishlar Prezident Rahmonning o‘g‘li Rustam Imomalini nazarda tutgan.

Tojikistondagi keyingi prezidentlik saylovi 2020 yilga mo‘ljallangan va o‘sha vaqtda davlat rahbarining o‘g‘li 33 ga to‘ladi.

Tojikistondagi joriy qonunchilikka binoan Rustam Imomali prezidentlik lavozimi uchun kurasha olmaydi, ammo referendum Rustam Imomali va otasiga prezidentlik saylovida qatnashishga yo‘l ochadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBCUZBEK

Twitter - BBCUZBEK

Odnoklassniki - BBCUZBEK

Facebook - BBCUZBEK

Google+ - BBCUZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq