Qozog‘istonda vertolyot halokatga uchragan

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarga ko‘ra, Olmaota viloyatida transport vertolyoti halokatga uchragan.

Tikucharda bo‘lgan barcha yo‘lovchilar halok bo‘lishgan, deya rasman tasdiqlagan Qozog‘iston Ichki Ishlar vazirligi vakili Ruslan Imankulov.

Yo‘lovchi tashuvchi vertolyot chorshanba tunida bir yoshli bola va onasini viloyat shifoxonasiga yetkazayotganda, parvoz boshlanganidan bir oz o‘tib radarlardan yo‘qolgan.

Tun bo‘yi davom etgan qidirish amaliyotiga 500 qutqaruvchi va 70 ta texnika vositalari jalb etilgan.

Payshanba kuni erta tongda tikuchar bo‘laklari va uch yo‘lovchi jasadi topilgan.

Vertolyotda uchuvchi, ikki shifokor, feldsher, ona va bola bo‘lishgan.

Qozog‘istonda 2012 yil 24 noyabrida bortida 8 inson bilan Mi-8 uchog‘i halokatga uchragan edi.

O‘sha yili 26 dekabr kuni Chimkent shahri yaqinida harbiy uchoq halokatga uchragan.

Qozog‘iston Harbiy-Havo kuchlariga tegishli AN-72 harbiy uchog‘ida 7 nafar ekipaj a‘zosi va 20 harbiy bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar orasida Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik qo‘mitasining Chegara xizmati direktori vazifasini vaqtincha bajarayotgan polkovnik Turganbek Stambekov ham bo‘lgan.

Uchoq Ostonadan Chimkent shahriga uchib borayotgan bo‘lgan.

2013 yil 29 yanvarida Olmaota yaqinida Jet - Challenger 200 uchog‘i halokati oqibatida 20 inson halok bo‘lgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBCUZBEK
  • Twitter - BBCUZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBCUZBEK
  • Google+ - BBCUZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq